Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


NOMZODLIKKA IShONCh BILDIRILDI

 2017-12-04 15:18:55    141

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda barcha sohalar qatori sud-huquq sohsida ham  katta islohotlar amalga oshirilmoqda. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harkatlar strategiyasida ham bu sohadagi vazifalar belgilangan bo’lib jumladan fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kengaytirish, ularning odil sudlovga ishonchini oshirish, sud ish yurituvining samaradorligi va sifatini yaxshilash, nomzodlarni tanlash vasudyalik lavozimiga tayinlash tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha yo’nalishlar ko’rsatib berilgandir.

Prezidentimizning joriy yil 13 iyunda soha xodimlari bilan o’tkazgan uchrashuvida sud-huquq tizimida islohotlarni amalga oshirishbo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.  Jumladan sudyalar oldiga belgilangan vazifalarning ijrosi bo’yicha endilikda yangi institut –sudyalik lavozimiga ilk bor tayinlanayotgan nomzodlarni viloyat, tuman va shaharlar negizida jamoatchilikka tavsiya etilib ularning roziligini olish tartibi yo’lga qo’yilmoqda.

Yaqinda tuman hokimligining majlislar zalida bo’lib o’tgan tuman Kengashi deputatlari, faollar, korxona vatashkilotlar, kasb-hunar kollejlari rahbarlari ishtirokidagi yig’ilishda bu fikr yana bir bor e’tirof etildi. Yig’ilishda so’z olgan O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi a’zosi Sarvarjon Soliev yurtimizda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning ijrosi va ahamiyati to’g’risida yig’ilganlarga batafsil ma’lumot berarkan tuman ma’muriy sudining raisi lavozimiga nomzod etib ko’rsatilayotgan Akramov Abrorxon Agzamovichning tarjimai holi hamda ish faoliyati  bilan  yaqindan tanishtirib o’tdi.

Shundan so’ng tuman ma’muriysudi raisi lavozimiga nomzod A. Akramov bildirilgan ishonch uchun yig’ilganlarga minnatdorchilik bildirdi. O’zbekiston XDP tuman Kengashi raisi,  xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T. Soliev yig’ilish qatnashchilari nomidan nomzodga kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Yig’ilish qatnashchilari nomzodni tuman ma’muriy sudining raisi lavozimiga tayinlanishi uchun rozilik bildirdilar.

Yig’ilishda viloyat ma’muriy sudi raisi M. Marahimov, tuman hokimi H. Umarovlar ishtirok etdilar.