Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


KULGU KECHASI

×

 2018-04-03 09:30:52    202

PDF yuklash
Chop etish


1 aprel – Xalqaro kulgu kuni munosabati bilan 22-sonli musiqa va san’at maktabida O’zbekiston xalq artisti,  Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Farg’ona viloyati o’zbek Davlat musiqali drama teatri rejissiyori Muhammadsoli Yusupov bilan ijodiy uchrashuv va “Kuling -  umringiz uzun bo’ladi” shiori ostida kulgu kechasi o’tkazildi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha tuman Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimligi va keng jamoatchilik vakillari hamda mahalla fuqarolar yig’inidan kelgan keksa-nuroniylar ishtirok etdilar.

Tadbirni tuman hokimi o’rinbosari Sh. Isaboev ochib tumanimizdan yetishib chiqqan kulgu darg’alari va ularning faoliyatlari haqida to’xtalib o’tdi. Shundan so’ng respublikamizdagi kulgu ustalari haqida ishlangan hujjatli film namoyish etildi. Shuningdek qiziqchilar va askiyachilar ustozi tumanimiz fahri, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Sulaymon qori Madolimovning hayot yo’li, tesha tegmagan latifalari haqidagi ma’lumotlar M. Yusupov va teatr a’zolaridan A. Isaqov, G’. Sobirovlar ishtirokidagi badiiy chiqishlar orqali tomoshabinlarga havola etildi. Ular tomonidan ijro etilgan sahna ko’rinishi, hajviy she’rlar, latifa-yu hangomalar yig’ilganlarga guldiros kulgu ulashdi.

Kechani tumanimizning yosh iste’dod sohiblari Davronbek Abdullaev va Sherzodbek Jaloliddinovlar olib borishdi. Ular tomonidan aytilgan latifalar, askiyachilik san’atidan namunalar tadbir davomida kulgu shinavandalari yuzidan tabassum tark etmaganiga asos bo’ldi.  Kecha davomida tumanimizdagi so’z ustalari G’. Abdullaev,    M. Usmonovlarning ham chiqishlari yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbirda O’zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi va madaniyat bo’limi xodimlari ham faol ishtirok etdilar. 34-o’rta ta’lim maktabining 8-sinf o’quvchisi Olloberdi Shokirov qisqa latifalari orqali tadbirga o’zgacha tarovat olib kirdi. Kulgu, komediya janri, askiyachilik san’ati haqida yozilgan asarlar to’plangan ko’chma kutubxona ham yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir so’ngida faol ishtirokchilar va mehmonlarga tuman hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.