Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


AFRIKA LAQQA BALIG’I... YANGIYO’LDA BOQILYAPTI

 2018-06-12 10:12:17    338

PDF yuklash
Chop etish


Keyingi yillarda yurtimizda qator sohalar singari baliqchilikka ham e’tibor kuchaydi. Chunki oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholi dasturxonining to’kin bo’lishida foydali oqsillarga  boy va to’yimli baliq go’shtining ham o’z o’rni bor.  Baliqchilik fermer xo’jaliklarining ko’plab tashkil etilayotganligi, fuqarolarning ichki imkoniyatlar hisobiga xonadonlarida ham baliq boqishni yo’lga qo’yayotganliklari, baliq parvarishida intensiv texnologiyalardan oqilona foydalanilayotganligi bois uni etishtirish ko’payib bormoqda. Ana shunday saxovatli ishga bosh qo’shib yil sayin baliq parvarishini kengaytirib el dasturxoniga sara mahsulotlar etkazib berayotganlar qatorida Yangiyo’l mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Zoirjon Nabiev boshliq “Nabiev Solijon Nabievich” fermer xo’jaligi jamoasi ham bor.

Uch gektar erda faoliyat olib borayotgan baliqchilik fermer xo’jaligida mana ikkinchi yildirki afrika laqqa balig’ini boqish ham yo’lga qo’yildi. Xo’jalikdagilarning aytishicha bir mavsum davomida oldi  baliqning og’irligi 5 kilogrammni tashkil etishi mumkin ekan. O’tgan yili bu ko’rsatkich qayd etildi ham. Baliqchilar 7 tonnadan ortiq baliqni aholi dasturxoniga tortiq etishdi.

Joriy yilda ham xo’jalikdagi maxsus suv havzasiga 7 ming dona har biri 25 gramm atrofida bo’lgan afrika laqqa baliqlari tashlangan. Ularni boqish zarur talablar asosida olib borilmoqda.

—Afrika laqqa balig’i tez semiradi,—deydi fermerning otasi Solijon Nabiev.—Shunga yarasha  “nozik” tomonlari ham bor. Sababi u go’shtxo’r hisoblanib hayvonlarning ichak-chavoqlarini maxsus qiymalagichlardan o’tkazgan holda berishga ham to’g’ri keladi. Yana afrika laqqa balig’ining sovuqqa yo’qligini ham ayting. Hozir 20x4 metr hajmda maxsus chuqur hozirlashni nihoyasiga etkazyapmiz. Kuzning sovuq kunlari boshlandi deguncha uning usti plyonka bilan o’raladi. Afrika laqqa baliqlarini havzadan olib to sotilguncha ana shu joyda boqamiz. Zoirjonga barcha ishlarda o’g’lim Otabek, jiyanim Ulug’beklar yordam berib kelyaptilar.

Fermer xo’jaligida bundan tashqari suv havzasiga do’ng peshona, oq amur, sazan baliqlaridan 10 ming donadan ortiq tashlanib  ularning parvarishi ham qizg’in olib borilyapti.  Bu borada xo’jalik baliqchilariga Farg’ona “Ipoteka” bankidan olingan 25 million so’m miqdoridagi imtiyozli kredit asqotyapti.

Y. Mamaev,

“Toshloq tongi”ning maxsus muxbiri.