Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


SADOQATNING G'ALABASI

 2019-07-12 10:54:35    126

PDF yuklash
Chop etish


Sadoqatning g'alabasi

  Kollejimizda iqtidorli, iste’dodli va bilimga chanqoq o’quvchilarimiz ko’pchilikni tashkil etadi. Ularning har bir erishgan yutuqlarini biz ustozlar mehnatimiz uchun berilgan mukofotdek qabul qilamiz. Yaqinda yana bir quvonchli voqeaning shohidi bo’ldik. Bitiruvchi talabalarimizdan Sadoqat Halilova “Korruptsiya – adolat kushandasi” mavzusida o’tkazilgan insholar tanlovining tuman va viloyat bosqichlaridan yuqori natijalar bilan o’tib, respublika bosqichidan ham yuzimizni yorug’ qilib qaytdi.

   “Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo’lishimiz shart” shiori ostida o’tkazilgan tanlovning respublika bosqichida “Korruptsiyaga nisbatan eng murosasiz munosabat” nominatsiyasida 3-o’rinni egallab, kollejimiz nufuzini yana bir bor oshirdi.

     Diplom va esdalik sovg’alari bilan qaytgan o’quvchimizni katta tantana bilan qarshi oldik. Mustaqil hayot ostonasida turgan S. Halilovaga bundanda yuksak marralar nasib etishi, oliy o’quv yurti talabasi bo’lib, o’zi orzu qilganidek ota-onasi kabi etuk pedagog bo’lishi yo’lida omad va zafarlar yor bo’lishini tilab qolamiz.

 

S. Qodirova,

Toshloq agrosanoat kasb-hunar kolleji ARM rahbari.