Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


ZAMONAVIY, ARZON, SIFATLI

 2019-08-06 08:21:34    166

PDF yuklash
Chop etish


Ko’rgazma

Zamonaviy, arzon, sifatli

Farg’ona shahridagi mexanika zavodida viloyat hokimligi va mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan  sanoat mahsulotlari ko’rgazmasi bir hafta davom etdi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizga xorijdan kirib kelayotgan import mahsulotlarining o’rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarish va O’zbekiston maxsulotlari eksportini yo’lga qo’yish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Mahalliy tadbirkorlarning turmushimiz uchun zarur bo’lgan barcha turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishlari uchun zaruriy uskunalar sotib olish, qulay ish joyiga ega bo’lish hamda qo’shimcha soliqlardan va ortiqcha tekshiruvlardan ozod qilish borasidagi ishlar salmog’i kun sayin ortib bormoqda. Shu boisdan ham ishlab chiqarish sur’ati tobora ortib borayotganining guvohi bo’lmoqdamiz.

Sanoat yarmarkasiga viloyatimizning barcha shahar-tumanlarida erkin faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlari, hunarmand va ishbilarmonlar tashrif buyurishib o’zlarida mavjud mahsulotlarni yig’ilganlar e’tiboriga havola etdilar. Ko’rgazmadan oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurilish-ta’mirlash, tibbiy jihozlar, sport anjomlari, uy-ro’zg’or buyumlari,  qo’yingki hayotimiz uchun zarur barcha mahsulotlar joy oldi.

Xususan tumanimizning 20 ga yaqin tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan turli-tuman mahsulotlar ham yig’ilganlarni befarq qoldirmadi. Tumanimiz iqtisodiyotiga alohida hissa qo’shib kelayotgan “STA plast” mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshida tashkil etilgan “Element kristal” MChJ tomonidan ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yilgan tifal va termoslar ilk bor ushbu ko’rgazmada aholi e’tiboriga havola etildi. Shohrux Xolmatov tomonidan faoliyati yo’lga qo’yilgan “Prime status” MChJda esa nogironlar aravachalari ishlab chiqarilmoqda. Qulay, sifatli va arzon aravachalar ham ko’rgazmada ko’pchilikning e’tiborini tortdi. Qolaversa ko’rgazma pavilonlaridan “Merfen-KO” O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonasi poyafzallari, “Martashspetsodejda” MChJning maxsus kiyim-boshlari, “Farg’ona Toshloq adrasi” atlas va adras matolari hamda “Sarvinoz Mashhura” oilaviy korxonasi tomonidan chiqarilayotgan turli xildagi mahsulotlar ham o’rin oldi.

Viloyatimizning turli hududlarida tayyorlanayotgan mahsulotlar bilan aholini yaqindan tanishtirish va tadbirkorlarni bir-biri bilan fikr almashib, tajribalarini o’rtoqlashish, qolaversa ishlab chiqarish sohasidagi yangiliklardan boxabar etish maqsadida tashkil etilgan ushbu sanoat ko’rgazmasi hafta oxiriga qadar davom etdi.


H. Yakubova,

“Toshloq tongi” muxbiri.