Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


XALQ TA’LIMI XODIMLARINING AN’ANAVIY AVGUST KENGASHI

 2019-08-28 10:53:10    193

PDF yuklash
Chop etish


XALQ  TA’LIMI XODIMLARINING AN’ANAVIY AVGUST KENGAShI

19-20 avgust kunlari  tumanimizda  viloyatimiz pedagog xodimlarining “Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l oman!”  shiori ostdagi an’anaviy avgust kengashlari bo’lib o’tdi.

Ikki kun davomida o’tkazilgan Kengashda “2018-2019 o’quv yili sarhisobi, yangi o’quv yilining ustuvor vazifalari”  xususida tuman va shahar xalq ta’limi bo’limi mudirlari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari direktorlari 5-o’rta ta’lim maktabida, “Umumiy o’rta ta’limning 2019-2020 o’quv yili tayanch o’quv rejasi asosida o’quv dastur va darsliklardagi o’zgarishlar to’g’risida” bo’limlar mudir o’rinbosarlari, maktab direktorlari 10-o’rta ta’lim maktabida o’quv-seminarida ishtirok etdilar.

8 ta sho’’bada o’tkazilgan  o’quv seminarining  3-sho’ba ishtirokchilari tumandagi 2-umumiy o’rta ta’lim  maktabiga  tashrif buyurishib  ta’lim sifati monitoringini tashkil etishda xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS dasturlaridan foydalanish bo’yicha maktabda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.  Maktab foesida PISA, TIMSS, PIRLS bo’yicha qo’yilgan targ’ibot ko’rgazmalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek,  4-sho’’ba ishtirokchilari  maktab rahbarlari – ta’lim menedjerlarini tayyorlashning dolzarb masalalari yuzasidan “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy psixologik xizmatning roli” mavzuida metodist psixologlarning o’quvi ham bo’lib o’tdi.

12-o’rta ta’lim maktabida “Maktab rahbarlari ta’lim menedjerlarini tayyorlashning dolzarb masalalari. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ijtimoiy psixologik xizmatning roli”,  “Ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, fazilatli yangi avlodni shakllantirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash”,  13-o’rta ta’lim maktabida “Aniq va  amaliy  fanlarni o’qitishda integrativ yondashuv”,  28-o’rta ta’lim maktabida “Ijtimoiy-gumanitar   fanlarni o’qitishda sifatni ta’minlashning metodik asoslari”, 49-maktabda esa “Filologiya fanlarini o’qitishda innovatsion yondashuv” mavzularidagi o’quv seminarlari bo’lib o’tdi.

Kengashning yakunlovchi yig’ilishida  viloyat miqyosida ijobiy natijalarga erishgan pedagoglar viloyat hokimligi va  xalq ta’limi boshqarmasining faxriy yorliq, esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Yakuniy yig’ilishda viloyat hokimining o’rinbosari F. Qosimov ishtirok etdi.

A. Nishonov,

2-umumiy o’rta ta’lim maktabi  direktorining o’quv ishlari bo’yicha  o’rinbosari.