Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


SOHALAR YANADA KO’PAYADI

 2019-11-12 15:48:26    158

PDF yuklash
Chop etish


 

Tadbirkorlik — davr talabi

SOHALAR YANADA KO’PAYADI

Bu yangiyo’llik tadbirkor Abdusalom Umarovning doimiy gapi. Boisi o’g’illari bilan xonadonlarga uzum so’ritoklari, darvozalar yasab berish, qurilish uchun asqotadigan shlakablok g’ishtlar ishlab chiqarish borasida hamisha harakatda bo’lgan tadbirkor yaqinda yana bir ishga qo’l urdi. Besholish mavzesidagi tosh shag’allari olinib tabiiy ko’llar hosil bo’lgan hududdagi 10 gektar yerda “Turg’unboy ota nasibasi” baliqchilik fermer xo’jaligi faoliyatini yo’lga qo’ydi.

Baliqchilik serdaromad soha. Qachonki baliqni o’z vaqtida oziqlantirib qarovini joyiga qo’ysang ko’zlangan darajadagi mahsuldorlikka erishishing aniq. Ba’zilar o’ylagandek uni suvga tashlab qo’yish bilan ish bitib qolmaydi. Suvning o’z vaqtida almashinib turishi, ozuqaning belgilangan muddatlarda berilishi talab etiladi. Hamisha izlanuvchan, yangiliklar bilan yashashga o’rganib qolgan Abdusalom ana shu suv havzasining 2 gektariga ajratilgan holda ming donadan ortiq, 500 grammli  sazan, oq belamur zotli baliqlardan tashlagan. Tadbirkor bu yerda baliq ovi ishqibozlari uchun qulay sharoitlarni yaratib ulgurdi. Uning aytishicha baliq ovi ishqibozlari ana shu suv havzasi atrofida joylashgan holda ertalabki yettidan kech soat yettigacha ov bilan shug’ullanishlari mumkin.

Qolgan 8 gektar yerdagi suv havzasiga ham 24 ming donadan ziyod baliq tashlangan. Ularga  ammofost, makkajo’xori, bug’doy uni singari ozuqalar o’z vaqtida tashlanib baliqlarning ko’ngildagidek rivojlanishi ta’minlanyapti.

—Hududimizda keluvchilarning ov bilan shug’ullanishlarini yanada kengaytirish maqsadida o’rdak parvarishlashni ham yo’lga qo’ymoqchimiz,—deydi tadbirkor.—Ko’llarimiz atrofi qamishga boy. Keluvchilarning ko’ngildagidek dam olishlari uchun ana shu qamishlardan tabiiy kapalarni bunyod qilganmiz. Ko’llarimiz chetidagi binoda esa choyxona, xammom, sauna xizmatini yo’lga qo’yish maqsadimiz bor. Asosiy maqsad har bir keluvchi bu yerda baliq ovidan bahramand bo’lsin, yetishtirilgan mahsulotlarimizni shu yerda tanovul qilsin. Hademay baliq ovlashni ham boshlaymiz. Ana shu paytda xizmatimizdan foydalanuvchilar safi yanada kengayishi tabiiy.

Y. Mamaev,

“Toshloq tongi”ning maxsus muxbiri.