Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


VATAN KELAJAGI UCHUN DAHLDORLIK

 2019-11-15 16:25:20    149

PDF yuklash
Chop etish


Saylovlar — demokratiya ko’zgusi

VATAN KELAJAGI UCHUN DAHLDORLIK

-Menimcha barchamiz ana shu tuyg’uni qalbimizga jo etgan holda saylovlarga munosabat bildirishimiz zarur, - deydi biz bilan suhbatda tuman hokimi Shuhratjon Abdusalomov.

-Mamlakatimizda keyingi uch yil davomida yuz berayotgan beqiyos o’zgarishlar xalqimiz dunyoqarashiga ham ta’sir o’tkazayotgani yaqqol sezilmoqda. Sizningcha bu galgi saylovlarning oldingilaridan farqi  bo’ladimi?

-Darhaqiqat yurtdoshlarimiz hayotida keyingi uch yil ichida ro’y bergan o’zgarishlar, qo’lga kiritilayotgan natijalarning zalvori beqiyos. Bu ham bo’lsa davlatimiz rahbari muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarning og’ishmay amalga oshirib kelinayotganligi samarasidir. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni rivojlantirish va faol tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, shuningdek tashqi siyosat singari sohalarning barchasida erishilayotgan yutuqlar respublikamizning taraqqiyot yo’liga dadil qadam qo’yganidan dalolat berib turibdi.

Quvonarlisi bugun qaysi yurtdoshimizni olmaylik mamlakatimiz hayoti va taraqqiyotidagi  o’zgarish va rivojlanishlarga befarq emas. Har bir fuqaro ana shu rivojlanishda o’z o’rni va fikri bo’lishi tuyg’usi bilan yashamoqda.

Ma’lumki shu yil 22 dekabrda mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar bo’lib o’tadi. Prezidentimiz o’tgan yil  yakunidagi  Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida ham yurtimizning siyosiy-ijtimoiy hayotida g’oyat muhim ahamiyatga ega bo’lgan ushbu siyosiy jarayonni milliy qonunchiligimiz va xalqaro standartlar asosida yuqori saviyada o’tkazish uchun har tomonlama tayyorgarlik ishlarini olib borish zarurligini ta’kidlagan edilar. Ushbu saylovni yangi O’zbekistonning yangi imkoniyatlari sifatida baholash mumkin. Uning avvalgi saylovlardan farqli jihatlaridan biri saylovlarning ilk bor yangi Saylov kodeksi asosida o’tkazilishidir.

-Shu o’rinda mavjud saylov qonunchiligimizdagi bugungi o’zgarishlar, qabul qilingan Saylov kodeksi bo’yicha fikr-mulohazalaringizni bildirib o’tsangiz...

-Aytish joizki  huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatining eng muhim belgilaridan biri bu - erkin, ochiq saylov tizimining mavjudligidir. Saylov orqali fuqarolar bevosita jamiyat boshqaruvida ishtirok etadilar. Shu bois saylash va saylanish huquqi eng muhim siyosiy huquqlar sirasiga kiradi. Fuqarolarning  saylov huquqini ta’minlash, uning huquqiy asoslarini takomillashtirishga  muhim vazifalardan biri sifatida qaralib yaqinda yurtimizda Saylov kodeksi qabul qilindi.

Saylov kodeksi 103 moddadan iborat bo’lib mamlakatiimizda amal qilib kelgan “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”, “Fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to’g’risida”gi Qonunlar va Markaziy saylov komissiyasining saylovlarni tashkil etish va o’tkazishga oid o’nlab qaror va yo’riqnomalarini yagona qonun hujjatida birlashtirganligi bilan e’tiborlidir. Ilg’or xalqaro standartlar va xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqilgan kodeks ilgari saylov qonunchiligimizda mavjud bo’lmagan mutlaqo yangi tartib va qoidalarni ham o’z ichiga olib unda barcha siyosiy kuchlar uchun teng sharoitlar yaratilishi  nazarda tutilgan. 

Endilikda saylovchilarning yagona elektron ro’yxatining amal qilish tartibi qonun darajasida belgilanmoqda. Bundan buyon saylovchining bir vaqtning o’zida bir nechta ro’yxatlarga kiritilishiga chek qo’yilib “Bir saylovchi-bir ovoz” printsipiga to’liq rioya etilishi ta’minlanadi. Saylov huquqini keng ta’minlash maqsadida ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga saylash huquqi berilmoqda. Siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga o’z nomzodlarini ko’rsatganda deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida 30 foizini xotin-qizlar tashkil etishi belgilab qo’yilganligi esa mamlakatimizda ularga bildirilayotgan ishonch, berilayotgan imkoniyatning yana bir ko’rinishidir.

-Xalqimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayon arafasida turarkanmiz albatta ana shu saylovlarda yurtdoshlarimizning faol ishtirokini ta’minlash saylovga ko’rilayotgan tayyorgarlik, olib borilayotgan tashkiliy, targ’ibot tadbirlariga ham bog’liqdir. Bu borada tumanimizda qanday ishlar olib borilmoqda?

-Tumanimiz bo’yicha hozirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov o’tkazuvchi 113-Toshloq, xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o’tkazuvchi 3 ta, shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov o’tkazuvchi 30 ta saylov okruglari faoliyat olib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga  saylov o’tkazuvchi 113-Toshloq okrug saylov komissiyasi qarori bilan jumladan tumanimiz hududida 51 ta saylov uchastkasi tashkillandi. Ayni kunlarda okrug saylov komissiyalari va saylov uchastkalarida saylovoldi tayyorgarlik ishlari qizg’in pallaga kirdi.

Ishonch bilan aytishim mumkinki 22 dekabr kuni bo’ladigan saylovlarning umume’tirof etilgan xalqaro saylov printsiplari - universallik, tenglik, erkinlik, qonuniylik, adolatlilik, ovoz berishning yashirinligi, ochiqlik asosida o’tishida tumanimiz fuqarolari ham faollik bilan ishtirok etadilar.