Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MANGU HILPIRAYVER MILLAT BAYROG’I!

×

 2019-11-18 17:03:15    210

PDF yuklash
Chop etish


18 noyabr – O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun

MANGU HILPIRAYVER MILLAT BAYROG’I!

Toshloq tumani hokimligida O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan “Mangu hilpirayver millat bayrog’i!” shiori ostida tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Unda tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ta’lim muassasalari, tibbiyot birlashmasi xodimlari, o’quvchi yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ostida bayrog’imizning ko’tarilishi bilan boshlandi. Shundan so’ng, tuman hokimi Sh.Abdusalomovga so’z berildi. Tuman hokimi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrdagi navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlangan Davlat bayrog’i – mamlakat davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil O’zbekiston degan davlat borligini anglatadi. Mana, yigirma sakkiz yildirki, u xalqaro maydonda mamlakatimizning kuch-qudrati, xalqimiz g’ururi va iftixori timsoli bo’lib xizmat qilib kelayotganligini ta’kidlab yig’ilganlarni bayram bilan muborakbod etdi.

Tadbir davomida o’vuvchi yoshlar tomonidan Vatanni va Davlat bayrog’ini ulug’lovchi she’rlar aytildi. Tuman madaniyat bo’limining xushovoz xonandalari tomonidan esa ko’y-qo’shiqlar ijro etildi. Ayniqsa, 12-maktab o’quvchisi Muhammadzohid Hakimov tomonidan ijro etilgan “Vatan” qo’shig’i yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

O’tgan yillar davomida mamlakatimizda “O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida”gi Qonuni qabul qilingan kunni ma’lum ma’noda bayram qilish an’anaga aylandi. 

Bu yil esa bu bayram mamlakatimizda o’zgacha bir yuksak ko’tarinkilik, g’urur va iftixor bilan nafaqat mamlakatimiz, balki dunyoning ko’pdan ko’p davlatlarida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz tomonidan ham eng katta milliy bayramlardan biri sifatida nishonlanmoqda. Ayniqsa, O’zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari, vakolatxonalari tomonidan ham bayram munosib tarzda kutib olinmoqda. Nazarimizda, u bu yilga kelib chinakam ma’noda o’zining yuksak maqomiga ko’tarilmoqda.

Bayram tadbiri korxona va tashkilotlar, mahalla fuqarolar yig’ini hamda ta’lim muassasalarida davom etmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.