Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANI HOKIMI SHUHRATJON ABDUSALOMOVNING TUMANIMIZ TADBIRKORLARIGA MUROJAATI

 2019-11-18 17:45:29    176

PDF yuklash
Chop etish


TOSHLOQ TUMANI HOKIMI

SHUHRATJON ABDUSALOMOVNING

TUMANIMIZ TADBIRKORLARIGA

MUROJAATI

Muhtaram yurtdoshlar,

Qadrli tadbirkorlar!

Barchamizga yaxshi ma’lumki, keyingi yillarda mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz tomonidan barcha sohalar singari tadbirkorlik sohasini rivojlantirishga ham davlat siyosati darajasida e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatib kelinmoqda. Xususan joriy 2019 yilning - “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlananish yili” deb nomlanishi zamirida ham ana shunday islohotlarning yorqin namunasini ko’rish mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, qo’llab-quvvatlash va ishlab chiqarish uchun ko’plab imtiyozlarni berish maqsadida bir qator Farmon va Qarorlar qabul qilinib kelinmoqda. Jumladan, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar - kelajagimiz” dasturlari va “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konseptsiyasi to’g’risida”, “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”, “Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”, “Aholiga davlat xizmatlari ko’rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”, “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi normativ-huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir.

  Shu o’rinda ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbarining “Xalq boy bo’lsa, davlat ham boy bo’ladi” yoki “Ikkita yangi ish o’rni yaratgan tadbirkorni boshimga ko’taraman” degan ibratli so’zlari bugungi kunda ishbilarmon doira vakillarini yanada ruhlantirib, ularning safi kengayishi bilan bir qatorda, ertangi kunga bo’lgan umid va ishonchini mustahkamlamoqda.

Tadbirkorlik yo’nalishida viloyat hokimi tomonidan yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan “Sta-plas”MCHJ ishlab chiqarish korxonasi rahbari - Sobirov Sultonboy, “Element kristal” xususiy korxonasi rahbari Sobirov Jasurjon, “Merfen-ko” O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonasi rahbari Sobirov Hasanboy, Martash spes odejda MCHJ rahbari Qo’ziboyev Ahmadjon, Uz Avto Toys xususiy korxonasi rahbari Zokirov Sobirjon, shuningdek bugungi kunda faollik ko’rsatayotgan “Agro impeks valley” MCHJ rahbari  Botirov Farxodjon, “Praym Status” MCHJ rahbari Xolmatov Shoxruhbek, “Sarvinoz Mashhura shod dil” MCHJ rahbari  Tillavoldiyeva Sarvinoz, “Dil fayz Plast” MCHJ rahbari Yuldashyev Dilshodjon kabi tadbirkorlarning faoliyati va ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining sifati nafaqat tumanimizda, qolaversa qo’shni viloyat va Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi davlatlarida ham o’z o’rni va mavqeiga egadir.  

Tumanda asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlarning 2019 yilning o’tgan davrida  bajarilishi tahlil etilganda 2018 yilning mos davriga nisbatan o’sish surati sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda - 107, xalq iste’mol mollarida -105,6,  qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida – 106,4, asosiy kapitalga investitsiyalarda  - 108,7, qurilish ishlarida – 110,7, chakana tovar aylanmasida – 102,8 va bozor xizmatlarida – 102,1 foizni tashkil etdi.

Tumanimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan bir qatorda xizmat ko’rsatuvchi korxonalar, fermer xo’jaliklari, yuridik va jismoniy shaxslar ham tumanimizning byudjet daromadlari rejasining bajarilishida salmoqli hissalarini qo’shib kelmoqdalar.

Raqamlarga e’tibor bersak tumanimizda 2019 yil uchun byudjet daromadlari prognoz rejalari -  170 172,2 mln. so’m etib belgilangan. Joriy yilning 10 oyi uchun esa 135 130,0 mln. so’m byudjet daromadlar rejasi belgilangan bo’lib, amalda 137 758,2 mln. so’m mablag’lar undirilgan, belgilangan rejaga nisbatan 109,0 foizga oshirib bajarilgan. Bundan ko’rinib turibdiki, bugungi kunda namunali va intizomli soliq to’lovchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda, tumandagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan joriy yilning 10 oyi davomida
75 963,0 mln. so’m soliq to’lovlari o’z vaqtida amalga oshirilgan.

Shuningdek, qishloq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirish va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida, “Obidjon”, “Oq-chashma”, “Toshloq Yusuf Amin”, “Sotvoldi bobo” fermer xo’jaliklarida chorvachilik yo’nalishlari yo’lga qo’yilgan bo’lib, bugungi kunda nafaqat tumanimiz, balki viloyatimiz bozorlariga sut va sut mahsulotlarini, “Asilbek  Feruz Shahriyor fayz” va “Tog’ayev Muhammad Bobur” fermer xo’jaliklari esa parrandachilik yo’nalishida faoliyat olib borishib tumanimiz aholisiga tuxum va parranda go’shtini, “Toshloq ummoni”, “Asr yulduz shams”, “Sotvoldi bobo”, “Nazirjon Adxamjon ko’rki” fermer xo’jaliklari esa baliq mahsulotlarini yetkazib bermoqdalar.

Bu borada, Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlab o’tganlaridek, “Tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va amaliy yordam berish islohotlarimizning natijadorligini ta’minlashda asosiy omil bo’lishi zarur va shart”.

Mazkur soha vakillarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida, 2019 yilda Xalqaro moliya institutlarining kredit mablag’lari hisobidan chorvachilik yo’nalishida  manzilli dastur loyihalari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.

Mazkur dasturga asosan “Oq chashma”, “Bahor”, “Luqmonov naslli chorvasi” fermer xo’jaliklariga tuman Xalq banki tomonidan 325,0 ming AQSH dollari miqdorida kredit mablag’lari ajratilib, Germaniya davlatidan 165 bosh naslli qoramollar keltirildi. Shuningdek, 4 ta fermer xo’jaliklariga 933,0 ming AQSH dollari kredit mablag’lari ajratilishi natijasida 298 bosh naslli qoramollar olib kelinishi rejalashtirilgan.

Albatta, Siz tadbirkorlar bilan hamkorlikda bu boradagi qilinayotgan ishlarimiz salmog’ini yanada oshirishimiz, bozorlarimiz rastalarini qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan boyitishimiz lozim.

Shuni quvonch bilan aytish mumkinki, keyingi yillarda xorijiy investorlar uchun ham tumanimizda qulay ishbilarmonlik muhiti yaratildi. Buning natijasida xorijiy investorlarni tumanimizga jalb etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanimizda joriy yilda 37 ta investitsiya loyihalari ishlab chiqilgan bo’lib, jami investitsiya loyiha qiymati – 302 911,0 mln. so’mni tashkil etadi, shundan o’z mablag’i hisobidan – 141 260,0 mln. so’mni, bank krediti hisobidan – 5 860,0 mln. so’mni, xorijiy kredit liniyalari hisobidan–6 732,0 ming AQSH dollari, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya mablag’lari hisobidan – 12 000,0 ming AQSH dollarini tashkil etadi, buning natijasida 588 nafar yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan.

Joriy yilning o’tgan davri maboynida, mazkur ishlab chiqilgan investitsiya loyihalaridan - 21 tasi ishga tushirilgan bo’lib, jami investitsiya loyiha qiymati – 87 487,0 mln. so’mni tashkil etgan, shundan o’z mablag’i hisobidan - 59 330,0 mln. so’mni, bank krediti hisobidan - 6 111,0 mln. so’mni, xorijiy kredit liniyasi hisobidan – 3 361,0 ming AQSH dollari va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya mablag’lari hisobidan  300,0 ming AQSH dollarini tashkil etadi, buning natijasida 183 nafar yangi ish o’rinlari yaratilishiga erishildi.

Birgina raqam keltirmoqchiman, joriy yilning o’tgan davrida tuman iqtisodiyotiga 9,0 mln. AQSH dollari miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’zlashtirildi.

Bugungi kunda tumanda o’z faoliyatlarini amalga oshirib kelayotgan Xorijiy korxonalar soni -12 tani tashkil etib, shundan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni- 8 tani va qo’shma korxonalar soni - 4 tani tashkil etmoqda. Yil yakuniga qadar ularning sonini - 15 taga yetkazish bo’yicha amaliy ishlarni tashkil qilmoqdamiz. Siz aziz tadbirkorlarga murojaat qilib, shuni aytmoqchimanki, har biringiz ana shu qo’shma korxonalarning muassislaridan biri bo’lish imkoniyatingiz bor. Muhtaram Prezidentimizning “Aholi turmush darajasini oshirishning eng muhim yo’li bu - tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishdir” degan so’zlari  har biringizga qo’sh-qanot bo’lsin.

2019 yilning o’tgan davri maboynida Toshloq tumaniga Xitoy, Koreya, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Eron kabi ko’plab rivojlangan davlatlardan sarmoyadorlar mahalliy hamkorlarni izlab tashrif buyurishmoqda, shu sababli o’z  loyihalaringiz va “Biznes reja”laringiz bilan, Sizlarni hamkorlikka chaqirib qolaman.   

Tadbirkorlik faqat sanoat korxonalari bilangina belgilanmaydi. Joriy yildan boshlab, tumanimiz paxta yetishtirishda 100 foiz klaster usuliga o’tdi. Ilgarilari paxta xom-ashyosi eksporti ustuvor yo’nalish bo’lgan bo’lsa, endilikda uni chuqur qayta ishlash yo’lga qo’yilmoqda. Bu esa to’qimachilikdan tashqari oziq-ovqat, qurilish materiallari, hatto farmatsevtika sanoatini tashkil etish imkonini beradi. Men tumanimiz tadbirkorlaridan tashkil etilgan va etilayotgan klasterlar bilan shu sohalarda hamkorlik qilish borasida tashabbus ko’rsatishlarini iltimos qilaman.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 31 dekabr kungi “Kichik sanoat zonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash to’g’risida”gi 378-sonli qaroriga asosan Toshloq tumanida ishlab chiqarish sohasida aholi bandligini oshirish, yangi raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni, ularni muhandislik kommunikatsiyalari o’tkazilgan va zarur infratuzilmaga ega bo’lgan alohida hududlarda jamlash yo’li bilan tashkil etish uchun investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish, bo’sh turgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish  maqsadida Guzarboshi mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan, umumiy yer maydoni - 6,7 gektar, shundan ishlab chiqarish maydoni - 0,9 gektar tashkil etgan bo’sh turgan yer maydonida hamda Teraktagi mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan, umumiy yer maydoni - 9,0 gektar bo’sh yer maydonlarida “Kichik sanoat zonalari”ni  tashkil etish bo’yicha birlamchi hujjatlar rasmiylashtirildi va tuman hokimligi zahirasiga olinib, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga “Kichik sanoat zonasi” tashkil etish bo’yicha takliflar berildi.

Qadrli yurtdoshlar,

Aziz ishbilarmonlar!

Agarda raqamlar zamiriga e’tibor qaratadigan bo’lsak, amalga oshiriladigan ushbu islohotlarda toshloqlik yurtdoshlarimizning orzu-umidlari, farovon turmushi, ozod va obod Vatan taqdiri va timsoli gavdalanadi. Yangi davr, yangi zamon bizga har bir jabhada ana shunday misli ko’rilmagan imkoniyatlarni bermoqda.

Buning uchun qariyb 200 mingdan ziyod toshloqlik mehnatkash va oliyjanob xalqimiz bilan qo’lni-qo’lga berib, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona islohotlarda dahldorlik hissi bilan har bir masalani, har bir muammoni “Xalq bilan muloqot” tamoyili asosida hal etishga bor bilim va salohiyatimiz, kuch-g’ayratimiz, tashabbus va shijoatimizni safarbar etgan holda yuksak marralarga erishamiz degan umidaman.

  Viloyat hokimi Shuhratjon G’aniyevning viloyat tadbirkorlariga Murojaatida tumanimiz alohida tilga olinib, Toshloqda yengil sanoatni chuqurlashtirish, plastmassa buyumlar ishlab chiqarishda yangi, zamonaviy kichik texnologiyalariga asoslangan korxonalar faoliyatini yo’lga qo’yish kerakligiga e’tibor qaratildi. Bu borada, Siz aziz tadbirkorlar bilan birgalikda yangi loyihalarni imzolashga biz tayyormiz.

Yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan  “Har bir oila tadbirkor” va “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturlari doirasida, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida  aholi xonadonlarida tadbirkorlikni tashkil etish maqsadida tumandagi 938 nafar fuqarolarga 14 433,0 mln. so’m imtiyozli kredit mablag’lari ajratildi. Buning natijasida tikuvchilik, chorvachilik, do’pido’zlik, kigizchilik, yog’ochsozlik, parrandachilik, issiqxonalar tashkil etish kabi sohalarga ixtisoslashgan o’nlab oilalar shakllandi. Bugungi kunda “Ustoz-shogird” an’analarini davom etirgan holda minglab yosh yigit-qizlarimiz  hunarmandchilikni sir-asrorlarini  o’rganmoqdalar. O’zingiz ayting, bu kabi qulay shart-sharoitlar va imkoniyatlar dunyoning qaysi davlatida bor? Berilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar natijasida tumanimizda ishbilarmonlik muhitini yaratishimiz lozim.

Aziz toshloqliklar!

Yuqorida ta’kidlaganimdek, tumanimizdagi barcha boshqaruv idoralari mas’ullari, Siz azizlarning eng yaqin ko’makdoshingiz va yordamchingiz bo’lamiz deb kafolat beraman. Sizlarning tadbirkorlik faoliyatingizni yanada rivojlantirish, kuchaytirish va kengaytirish borasida biz ham  bor kuch, bilim va tajribamizni sarf etamiz. Sizning faoliyatingizni rivojlantirish, samaradorligini oshirish, yangi ishchi o’rinlar yaratish borasidagi harakatlaringizni qo’llab-quvvatlash uchun tumandagi 4 ta sektor rahbarlari hamda barcha darajadagi rahbarlarning kichik biznes sohasini rivojlantirish borasidagi ish uslubi tubdan o’zgartirilmoqda.

Bundan buyon hokim va uning birinchi o’rinbosari
70 foiz ish vaqtini tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga sarflaydi, haftaning dushanba, seshanba va chorshanba kunlari faqatgina tadbirkorlik masalalari bilan shug’ullanadi.  

O’tgan davr maboynida, 4 ta sektor rahbarlari,  tashkilot va korxona rahbarlari tomonidan o’tkazilgan sayyor qabullar davomida hamda Bosh Vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish tuman qabulxonasiga 50 ta murojaatlar kelib tushgan bo’lib, shulardan 25 ta sayyor qabullarda va to’g’ridan-to’g’ri 25 ta murojaatlarni tashkil etadi. Ushbu murojaatlar amaldagi tartibga muvofiq, barchasi tuman darajasida hal etiladigan murojaatlarni tashkil etgan. O’rganishlar shuni ko’rsatdiki, joriy yilning 1 iyul holatiga tumanimizda uzoq muddatdan buyon faoliyat yuritmayotgan yuridik shaxslar soni - 431 tani hamda faoliyatini vaqtincha to’xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni - 370 nafarni tashkil etgan bo’lsa, joriy yilning 1 noyabr kuni holatiga - 425 ta yuridik shaxslarning faoliyatlari qayta tiklandi, qolgan 6 tasining faoliyatlarini tiklash choralari ko’rilmoqda. Shuningdek, 215 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatlari qayta tiklandi, qolgan  155 nafarini esa faoliyati amaldagi tartibga muvofiq tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.

Tadbirkorlar duch keladigan muammolardan biri ularga yer-mulk ajratish bilan bog’liq. Muammo yechimi yo’lida qo’yilgan dastlabki qadamlardan biri shuki, tumanimizda bo’sh yer uchastkalari elektron auksion savdoga chiqarilmoqda. Joriy yilning o’tgan davri maboynida 5,6 gektar 11 ta bo’sh yer uchastkalari hamda 25ta 1,36 gektar Davlat mulk ob’ektlari “E-Ijro auksion” elektron auktsion savdoga joylashtirildi.

Kelayotgan 2020 yilga rejalarimiz yanada katta. Toshloq tumanini jadal rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshiramiz. Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, shaxsan mendan tortib, barcha sektor rahbarlari, xizmat ko’rsatuvchi idoralar, xatto jamoat tashkilotlari ham tadbirkorga xizmat qiladilar.

Barimiz bir bo’lsak, ko’zlagan maqsadimizga yetib, yangi Toshloqni nafaqat viloyatimizda, balki respublikamizda ham yuqori marralarni zabt etishiga ishonaman.


Tadbirkorlarning murojaatlari uchun telefonlar:

Toshloq tumani hokimi, 1-sektor rahbari:

Shuhratjon Abdusalomov +998 90 550-34-21

Tuman prokurori, 2-sektor rahbari:

Ahrorjon Xudoyberganov +998 97 755-47-51

Tuman IIB boshlig’i, 3-sektor rahbari:

Dilmurodjon Madayupov +998 91 192-69-14

Tuman DSI boshlig’i, 4-sektor rahbari:

Sharobiddin Abdullayev +998 91 659-17-86

Tuman hokimining birinchi o’rinbosari:

Bahromjon Sultanov +998 91 123-17-78

Tuman hokimining o’rinbosari:

Iqboljon O’lmasov +998 90 580-22-22