Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


KO’RING, HAVAS QILING, IBRAT OLING!

 2019-11-21 15:18:46    193

PDF yuklash
Chop etish


O’QUV SEMINARI

KO’RING, HAVAS QILING, IBRAT OLING!

Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha respublika Kengashi, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda “Oila” markazi faollarining Murojaati yuzasidan tumanimizda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish va hamkorlikni yo’lga qo’yish yuzasidan bir qator tadbirlar, o’quv seminarlari tashkillanmoqda. Tumanimizdagi 5-maktabda Murojaat yuzasidan o’quv seminari o’tkazildi.

Tadbirda tuman hokimligi vakillari, hududdagi mahalla fuqarolar yig’ini raislari, imom-xatiblar, otinoyilar va faollar ishtirok etdilar. O’quv seminarda tuman hokimi o’rinbosari, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi M.Abdullayeva, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari O.Majidov,  tuman “Oila” markazi rahbari M.Qoraboyeva, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha tuman  Kengashi raisining yoshlar masalalari bo’yicha o’rinbosari Q. Yuldashyevlar Murojaatda keltirilgan fikr-mulohazalar bilan o’rtoqlashdilar.

O’quv seminarida oila muqaddasligi, ota-onaning farzand tarbiyasidagi o’rni, aka-uka, opa-singillar o’rtalaridagi muomala madaniyati, shuningdek “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” qabilida ish yuritish kabi mulahazalar yuritildi. Bundan tashqari bugungi kunda to’y-marosimlardagi ortiqcha dabdababozliklar va sarf-xarajatlardga chek qo’yish yuzasidan fikrlar yuritildi. Ushbu murojaat yuzasidan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

Tadbir so’ngida mahallalardagi namunali oilalar faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

 Tuman hokimligi Axborot xizmati.