Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MUROJAATLAR BEE’TIBOR QOLMAYDI

 2019-12-02 10:11:51    163

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish tuman qabulxonasiga o’tgan davrda 43 ta murojaat kelib tushgan bo’lib ularning 24 tasi sayyor qabullar davomida bildirilgan. Qolgan murojaatlar esa qabulxonaning o’ziga murojaat qilish, elektron pochta, shuningdek “Call senter” orqali amalga oshirilgan. Murojaatlarning 38 tasi o’zining ijobiy yechimini topdi.

Jumladan hunarmandchilik faoliyati bilan shug’ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor Umidaxon Xolmatova “Mikrokreditbank”ning Toshloq minibankidan 50 million so’m imtiyozli kredit mablag’i olish uchun hujjatlar to’plamini to’liq topshirgan. Biroq unga kredit ajratilishi paysalga solib kelingan. Hozirda tadbirkor ayolning murojaati ijobiy hal etilib unga bank tomonidan kredit mablag’ining to’liq ajratilishi ta’minlandi.

“IMRON AVTO UZ” MCHJ  rahbari Hamidillo Tursunboyev ham  “Toshloq dehqon bozori” hududida o’tgan yili buzish ishlari amalga oshirilganligi, yangi, zamonaviy ikki qavatli savdo do’konlari barpo qilish rejasi bo’yicha do’koni ham qayta yer ajratib berish sharti bilan buzilganligi, tuman hokimining qarorida belgilangan 46  kv. metr yer maydoni ajratilib berilishi mashul tashkilotlar tomonidan paysalga solib kelinayotganligi yuzasidan murojaat qilgan edi. Tadbirkorning qabulxonaga murojaatidan so’ng unga yer maydoni o’lchab berildi va savdo do’koni qurilishi boshlab yuborildi.

Tadbirkorlik—davr talabi. Yurtimizda ularga bildirilayotgan ishonch, berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar yanada oshib borayotir. Tadbirkor har bir murojaatining bee’tibor qolmasligi ham ana shu borada olib borilayotgan ishlarning samarasidir.

 

F. Karimov,

O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish tuman qabulxonasi mudiri.