Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


ERTANI BUGUNDAN O’YLASAK...

 2019-12-06 08:59:41    171

PDF yuklash
Chop etish


STAJINGIZ YO’QLIGIDAN TASHVISHLANMANG

Respublikamiz Prezidentining o’tgan yil 26 apreldagi “Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo’yicha  qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarorida 2018 yil 1 iyuldan  dehqon xo’jaligi va 4 sotixdan kam bo’lmagan tomorqa yerida band bo’lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yohud 50 boshdan kam bo’lmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga yiliga eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida sug’urta badali to’langan taqdirda  sug’urta to’langan yil  mehnat stajiga  kiritilishi ko’rsatilgan.

Mazkur holatda  fuqarolardan qanday hujjatlar talab qilinadi degan savol  tug’ilishi tabiiy.

1. Pasport nusxasi;

2.  Yashash manzili bo’yicha mahalla fuqarolar yig’inidan quyidagi ko’rsatilgan ma’lumotnomalardan biri:

a) yashab turgan xonadonida 4 sotixdan kam bo’lmagan tomorqa yerida qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan band bo’lganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma;

b) yashab turgan xonadonida ikki va undan ortiq qoramol parvarishlash bilan band bo’lganligi to’g’risida ma’hlumotnoma;

v) yashab turgan xonadonida 50 boshdan kam bo’lmagan parranda parvarishlash bilan band bo’lganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma.

3. Eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida   2001108608302183211302093 hisob raqamiga to’langan kvitantsiyadan nusxa.

4. Davlat xizmatlari markazidan berilgan INN nusxasi.

Yuqorida ko’rsatilgan normativ huquqiy hujjatlar asosida yuzaga keladigan ish staji sizni kelajakda qonunchilikda belgilangan asoslarda pensiya bilan ta’minlanishingiz uchun huquqiy hujjatlar bo’lishini yoddan chiqarmang va bu imkoniyatdan albatta foydalanish zarurligini ta’kidlaymiz. Siz buning uchun avvalo  pensiya jamg’armasi tuman bo’limi mutaxassislariga uchrab zarur tavsiya va yo’llanmalarni olishingiz kerak.

Z. Azizov,

Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi tuman bo’limi boshlig’i.