Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARI

×

 2020-01-27 16:21:46    177

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 sentyabrdagi 416-sonli “Eksport-import operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi to’g’risida”gi nizomga asosan:

Tashqi savdo kontraktlariga

         1.Kontraktning kirish qismida kontraktning tartib raqami, kontrakt tuzilgan joy va sana, yuridik shaxslarning to’liq nomi, kontraktni tuzgan shaxslarning lavozimi, familiyasi va ismi. Agar shaxs kontraktni ishonchnoma asosida tuzsa, bu kontraktning muqaddimasida ko’rsatiladi.

        2.Kontraktning mavzusi. Ushbu bo’limda tovarlar, ishlar va xizmatlarning nomi, shuningdek bitishuv turi ko’rsatiladi. Tovarning nomi bilan birgalikda uning tavsifi hamda miqdori va sifati bo’yicha assortimenti ko’rsatiladi.

Quyidagilar tovarning sifatini belgilashning asosiy usullari hisoblanadi:

standart bo’yicha: umumiy qabul qilingan xalqaro standartlar, O’zbekiston Respublikasida amal qiluvchi GOSTlar;

spesifikatsiya bo’yicha: texnik parametrlarni ko’rsatish;

asosiy moddalar mavjudligi bo’yicha: ko’rsatkich-minimum, aralashmalar bo’yicha — ko’rsatkich-maksimum beriladi;

tovarning xususiyati bo’yicha: tip, model, marka, nav, tur.

Mashinalar, asbob-uskunalar va texnologik liniyalarni yetkazib berish uchun kontraktda ularning yangiligi yoki ulardan foydalanganligi holati ko’rsatiladi (foydalanilganlari uchun — eskirish foizi yoki foydalanish muddati).

Bojxona rasmiylashtiruvi maqsadlari uchun invoyslarda quyidagi asosiy ma’lumotlar bo’lishi kerak:

-eksport qiluvchining (import qiluvchining) nomi va uning rekvizitlari;

-invoys summasi;

-eksport qiluvchining identifikatsiya raqami (STIR);

-tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi;

-tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning o’lchov birligi;

-tovarlar (ishlar, xizmatlar) miqdori;

-tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxi;

-tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish qiymati;

-INKOTERMS bo’yicha yetkazib berish shartlari;

-tashish turi.

-Invoyslar eksport qiluvchining imzosi bilan tasdiqlanishi kerak.

Etkazib berishning bazis shartlari. Tovarni yetkazib berish bo’yicha sotuvchi va xaridorning quyidagi asosiy majburiyatlari aniqlanadi («Inkoterms» xalqaro qoidalari bo’yicha):

tovarni yetkazib berish bo’yicha kontraktni tuzuvchi tomonlarning majburiyatlari va xarajatlarni taqsimlash;

tovarni xaridorga berish tartibi va joyi;

tovarni olib kirish-olib chiqish bo’yicha rasmiyatchiliklarni bajarish;

tovarni sug’urtalash;

tovarning tasodifiy yo’qolishi yoki shikastlanishi tavakkalchiligining sotuvchidan xaridorga o’tishi.

«Inkoterms»dan foydalanilganda yetkazib berish joyi (temir yo’l stantsiyasi, port, aeroport va boshqalarning nomi) ko’rsatilishi kerak (qisqartirilgan so’zlarning bosh harflari bilan birgalikda).