Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
317
30
Sayt test rejimida ishlamoqda...

302025-09-03 12:53

Toshloq tumanida yangi sanoat loyihasi amalga oshirildi

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2099478759270095.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2099478759271290.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2099478759272485.jpg

Toshloq tumani “Qanjirg‘a” MFYda joylashgan “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida tadbirkor Zafarjon Toshpo‘latov tomonidan zamonaviy gazoblok ishlab chiqarish korxonasi tashkil etildi. Ob’yekt 1,5 gektar hududda joylashgan bo‘lib, korxona yiliga 2400 metr kub mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Loyiha qiymati – 10,0 mln AQSH dollari: shundan tashabbuskor mablag‘lari – 5,0 mln dollar, xorijiy investisiyalar – 5,0 mln dollarni tashkil etadi. Korxona faoliyati natijasida 80 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Bu esa mahalliy aholi uchun barqaror ish joylari hamda tuman iqtisodiyotida qo‘shimcha rivojlanish imkoniyatlarini ta’minlaydi. Mahsulotning 70 foizi ichki bozor talabini qondirishga, qolgan 30 foizi esa xorijiy bozorlarga eksport qilishga yo‘naltiriladi. Yillik 0,5 mln dollarlik eksport hajmi asosan MDH davlatlariga yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha hududda sanoat sohasini rivojlantirish, qurilish materiallari importini qisqartirish, ichki bozorni sifatli mahsulot bilan ta’minlash va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Korxonaning ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov hamda Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev ishtirok etib, yaratilgan yangi imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Yangi ishlab chiqarish korxonasi hududda iqtisodiy taraqqiyot, mahalliy ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi ta’kidlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz