Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
419
40
Sayt test rejimida ishlamoqda...

852025-09-09 17:57

Toshloq tuman “Turvat” OSHPda "Sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollikni targ‘ib qilish"

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2100120085647730.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2100120085648925.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2100120085650120.jpg

Mavzusida aholi o‘rtasida davra suhbati hamda amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda tibbiyot birlashmasi salomatlik va strategik rivojlanish bo‘limi xodimlari ishtirok etib, sportning "Skandinavcha yurish" va "Yurish" turlari bo‘yicha aholiga batafsil ma’lumot berdilar. Ushbu mashg‘ulotlarning ahamiyati, ularning sog‘liqqa ijobiy ta’siri hamda kundalik hayotda to‘g‘ri qo‘llash yo‘llari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, bel aylanasi ayollarda 80 sm, erkaklarda esa 94 sm dan yuqori bo‘lgan fuqarolarga valeolog mutaxassislar tomonidan alohida tavsiyalar berildi. Bu tavsiyalarda to‘g‘ri ovqatlanish, turmush tarzini faollashtirish va kasalliklarning oldini olishga qaratilgan amaliy maslahatlar o‘z aksini topdi. Tashkil etilgan "Sog‘lom ovqatlanish yarmarkasi"da esa "Svetofor" dasturxoni namoyish qilindi. Unda mahsulotlarning foydaliligi va salomatlikka ta’siri haqida ma’lumotlar berilib, aholiga qanday mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilish, qaysilarini cheklash yoki butunlay tark etish lozimligi tushuntirildi. Tadbir jarayonida ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikning inson salomatligini mustahkamlashdagi ahamiyati haqida yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz