Yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, ularning bilim va salohiyatini oshirish maqsadida mamlakatimizda izchil ishlar amalga oshirilmoqda.



Mutolaa madaniyatini shakllantirish va kitobga qiziqish uyg‘otish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Toshloq tumanidagi yoshlar ham ushbu jarayonlarda faol ishtirok etib, turli tanlovlarda o‘z iqtidor va bilimdonliklarini namoyish etmoqdalar. Ular orasida ajralib chiqqan yoshlar nufuzli musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tengdoshlariga namuna bo‘lmoqda. “Kitob insonning ma’naviy olamini boyitadi, aql-zakovatini mustahkamlaydi. Yosh avlodning kitobga mehr qo‘yishi va mutolaaga qiziqishi — ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi”, — deya ta’kidlashdi tadbir tashkilotchilari. “Yosh kitobxon” tanlovi g‘oliblari — “Qanjirg‘a” mahallasidan Lutfullo Isroilov, “Qamchifurush” mahallasidan Nigoraxon Toirova va “Varzak” mahallasidan Husnidaxon Hajdayevaning yutuqlari O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda Respublika ma’naviyat markazi direktori Otabek Hasanov tomonidan yuksak baholandi. Gʻolib yoshlarga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Mukofotlar Toshloq tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Dostonbek Yo‘ldashev orqali yoshlarga yetkazildi. Mazkur tanlov yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, kitobxonlikni hayot tarziga aylantirish va ularning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“BIZNING TOSHLOQDA KORRUPSIYAGA O‘RIN YO‘Q”.


ISLOHOTLAR AMALDA: TOSHLOQ TUMANIDA YANGILANISH VA TARAQQIYOT


Toshloq tumani, “O‘zbekiston” MFY,





