Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
434
42
Sayt test rejimida ishlamoqda...

492025-09-09 18:01

Toshloq tumanida aholiga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan amaliy uchrashuv o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2100120351562715.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2100120351562715.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2100120351565105.jpg

Toshloq tumanida joylashgan 1-sonli politexnikum hududida “Xalqqa xizmat — oliy qadriyat” shiori ostida navbatdagi tadbiri tashkil etildi. Tadbirni tuman Inson ijtimoiy xizmatlar markazi uyushtirdi. Uchrashuv davomida tegishli davlat tashkilotlari va sohalar vakillari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan natijalar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shuningdek, Inson ijtimoiy xizmatlar markazining mahallalarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari ham tadbirda faol qatnashib, turli yoshdagi aholi qatlamlari uchun dolzarb masalalar yuzasidan maslahatlar va motivasion chiqishlar taqdim etdi. Tadbir ochiq muloqot va samimiy ruhda o‘tdi. Ishtirokchilarning ta’kidlashicha, bunday uchrashuvlar odamlar muammolarini hal etishda va davlat-halq munosabatlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz