Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
317
30
Sayt test rejimida ishlamoqda...

142025-10-06 16:31

Toshloq tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi.

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2102901562725525.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2102901562726720.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2102901562726720.jpg

“Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot strategiyasida belgilangan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida aholi farovonligini oshirish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, shuningdek, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni yaratish masalasi alohida o‘rin tutadi. Shu maqsadda Toshloq tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodirbek Tilavoldiyev, tuman hokimining o‘rinbosari E. Madaminov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari M. Qoraboyeva va A. Soliyev hamda ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdilar. Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb yo‘nalishlari, qonun ustuvorligini ta’minlash, ochiqlik va shaffoflik prinsiplarini amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi. Deputat Nodirbek Tilavoldiyev o‘z nutqida davlat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyati, qonunchilikda belgilangan vazifalar va ularni joylarda samarali bajarishning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz