Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
317
30
Sayt test rejimida ishlamoqda...

222025-10-06 16:33

Toshloq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 34-maktabda navbatdagi sport tadbiri tashkil etildi.

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2102901714782105.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2102901714784495.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2102901714785690.jpg

Tadbir doirasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning maktab bosqichi o‘tkazilib, unda yuqori sinf o‘quvchilari faol qatnashishdi. Xususan, 9–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi. Musobaqa davomida o‘quvchilar o‘z mahoratlarini namoyish etib, tezkorlik va diqqatni talab etuvchi bellashuvlarda munosib ishtirok etishdi. Shuningdek, 10–11-sinf o‘quvchilari orasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha qizg‘in o‘yinlar o‘tkazildi. Jamoalar o‘zaro hamjihatlik, jismoniy tayyorgarlik va taktik mahorati bilan maydonda kurash olib borishdi. Tomoshabinlar esa har bir golni qizg‘in qo‘llab-quvvatlab, musobaqaga yanada ruhiy ko‘tarinkilik bag‘ishlashdi. Ta’kidlash joizki, mazkur musobaqalar o‘quvchilarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularda sportga bo‘lgan qiziqish va muhabbatni oshirish, shu bilan birga, jamoaviy ishlash va sog‘lom raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi. Gʻolib va sovrindor jamoalarga tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning keyingi bosqichlarda ham munosib ishtirok etishlari uchun rag‘batlantirildi. 34-maktabda o‘tkazilgan ushbu tadbir nafaqat sport musobaqasi sifatida, balki Prezident qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalarni hayotga tatbiq etishning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz