Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
317
30
Sayt test rejimida ishlamoqda...

162025-10-07 10:01

Toshloq tumanida profilaktik suhbat va hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2102976861564820.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2102976861564820.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2102976861567210.jpg

Toshloq tumani Ichki ishlar bo‘limida jinoyatchilikning oldini olish hamda fuqarolarni sog‘lom ijtimoiy muhitga yo‘naltirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda probatsiya nazorati ostida turuvchi fuqarolar, yoshlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari ishtirok etdilar. Uchrashuvni Toshloq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Azizbek Kattabekov ochib berdi. U o‘z chiqishida jinoyatchilikning profilaktikasi, fuqarolarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash va ularning jamiyatda munosib o‘rin topishlariga ko‘maklashish muhimligini ta’kidladi. Tadbir davomida probatsiya hisobida turgan shaxslarning oilaviy ahvoli, ijtimoiy sharoiti, ish bilan ta’minlanish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, ularni takroriy huquqbuzarliklardan qaytarish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jamoaga moslashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Uchrashuv samimiy suhbat ruhida o‘tdi. Qatnashchilar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar, muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz