262025-11-05 11:46
BMT Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) O‘zbekistondagi Doimiy Vakili xonim Akiko Fudzii Toshloq tumanidagi Yoshlar markazi qoshidagi CoHUBning ochilish marosimida ishtirok etdi.



Markaz yoshlarga zamonaviy kasblar bo‘yicha ta’lim berish, biznes va psixologiya sohasida huquqiy maslahatlar taqdim etishga mo‘ljallangan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 100 nafar yoshga xizmat ko‘rsata oladi. Loyihaga BMTTD tomonidan taxminan 50 ming AQSH dollari sarmoya kiritilgan. Markaz Yoshlar ishlari agentligining Toshloq tumani bo‘limi va CoHub akademiyasi hamkorligida faoliyat yuritadi. Markaz doirasida treninglar, o‘quv kurslari va Job Fair yarmarkalari tashkil etilib, yoshlarning bandligini ta’minlash hamda startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz










