Toshloq tumani yoshlari va prokuror uchrashuvi: adolat va yangi tashabbuslar!



Toshloq tumani prokurori Rustamjon Sobirov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda u o‘z faoliyati, prokurorlikka olib kelgan hayot yo‘li va Vatanga sadoqat haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash hamda qonun ustuvorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham batafsil to‘xtalib o‘tdi. Muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar, taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Uchrashuvda yoshlarning davlat xizmatiga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekani, shuningdek, korrupsion holatlarning oldini olish yo‘lidagi faol harakatlari alohida e’tirof etildi. Tadbirda tumandagi ta’lim muassasalarida namunaviy faoliyat olib borayotgan yosh o‘qituvchilar taqdirlandi!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz










