Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
349
31
Sayt test rejimida ishlamoqda...

262025-11-05 11:51

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 sentyabrdagi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev Toshloq tumaniga tashrif buyurdi.

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2105978932551150.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2105978932553540.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2105978932553540.jpg

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini yuqori saviyada, belgilangan talab va mezonlar asosida tashkil etish hamda uning samaradorligini ta’minlashdan iboratdir. F.Karabayev tashrif davomida tumanda tashkil etilgan shtabning faoliyati, uning ish jarayonlari hamda mas’ul xodimlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, u Qanjirg‘a va Xotinqumi mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, aholi bilan muloqot qildi hamda o‘rganish ishlarini olib bordi. Mahallalarda ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik, mahalliy aholi va mas’ullar o‘rtasidagi hamkorlik, axborot-tushuntirish ishlarining samaradorligi bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, tuman hokimligi majlislar zalida 51 ta mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi a’zolari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi. Uchrashuvda ro‘yxatga olish jarayonidagi amaliy vazifalar, ma’lumotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida taqdim etish, aholi bilan muloqotda shaffoflik va xolislik tamoyillariga amal qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. MFY yettiligi tomonidan ushbu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan savol va muammolar haqida fikrlar bildirildi. F.Karabayev mazkur masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berib, har bir muammoni joyida hal etish, mas’ul tashkilotlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Tadbir yakunida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarini sifatli tashkil etish, jamoatchilikni xabardor qilish hamda barcha bosqichlarda ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash muhimligi ta’kidlandi. Aholi bilan uchrashuvlar, targ‘ibotlar hamda amaliy ishlar davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz