Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
350
31
Sayt test rejimida ishlamoqda...

882025-11-05 11:55

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 sentyabrdagi PF–173-sonli

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2105979233152205.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2105979233154595.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2105979233155790.jpg

Farmoni ijrosi doirasida mamlakatda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda. Bu tadbirlar aholi soni, turmush darajasi, iqtisodiy faollik va qishloq xo‘jaligi salohiyatini aniq baholash, shu orqali davlatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan. Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida ham bu jarayon yuqori tashkilotchilik va samarali ish faoliyati bilan kuzatilmoqda. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi vakillari tumanda ro‘yxatga olish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Ulug‘bek Hakimov vakilligidagi guruh “Guzar boshi”, “Xonaqo” va “Chuqurqishloq” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, ro‘yxatga olish uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ishchi guruhlarning samarali faoliyati va aholiga ko‘rsatilayotgan qulayliklar bilan tanishdi. Tashrif davomida mahalla raislari, faollar va aholi vakillari bilan ochiq muloqot olib borildi. Suhbatlar jarayonida ma’lumotlarni to‘g‘ri va sifatli yig‘ish, aholining faol ishtirokini ta’minlash hamda ro‘yxatga olish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Bu esa jarayonning shaffof va samarali bo‘lishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, elektron tizimlar, ma’lumotlarni himoya qilish usullari va hisobotlarning aniqligi bo‘yicha fikr almashildi. Bu tadbirlar ro‘yxatga olish jarayonini yanada professional va shaffof olib borish imkonini beradi. Hozirda ro‘yxatga olish ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda. Farg‘ona aholisi va mahallalardagi tadbirlar haqida yanada kengroq ma’lumotlar va natijalarni taqdim qilish maqsadida keyinchalik xabar beramiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz