Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
401
40
Sayt test rejimida ishlamoqda...

722026-02-10 09:39

Toshloq tumani hokimi tomonidan aholi bilan ochiq va bevosita muloqot o‘rnatish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni tinglash hamda ularga joyida yechim topish maqsadida 2026 yil 10 fevral kuni soat 9:00 da sayyor qabul tashkil etiladi.

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2115984565698910.jpg

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildiriladigan ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy, kommunal xizmatlar, huquqiy va boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar ko‘rib chiqiladi. Barcha masalalar tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida o‘rganilib, qonun talablariga muvofiq aniq choralar belgilanadi. Shu bilan birga, aholini qiziqtirgan dolzarb mavzular bo‘yicha zarur tushuntirishlar berilib, fuqarolarning taklif va tashabbuslari inobatga olinadi. Qabul davomida ijrosi vaqt talab qiladigan masalalar alohida ro‘yxatga olinib, ularning bajarilishi mas’ul idoralar zimmasiga yuklatiladi va doimiy nazoratga olinadi. Sayyor qabul manzili: Toshloq tumani markazida joylashgan Xalq qabulxonasi binosi. Toshloq tumani fuqarolari mazkur sayyor qabulda ishtirok etishga taklif etiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz