BUGUN: Toshloq tumanidagi 51 ta mahalla fuqarolar yig‘ini, shuningdek korxona va tashkilotlarda bugun umumxalq hashari uyushtirildi. Unda mahalla faollari, korxona va muassasalar xodimlari, yoshlar va nuroniylar faol ishtirok etdilar.



Hashar davomida mahallalar hududlari obodonlashtirilib, ko‘chalar va ichki yo‘llar tozalandi, chiqindilar olib chiqildi, yashil hududlar tartibga keltirildi. Shuningdek, daraxtlar oqartirilib, gulzorlar parvarish qilindi, ijtimoiy obyektlar atrofi obod qilindi. Ayni paytda tuman hududida joylashgan qabristonlarda ham keng ko‘lamli tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Qabristonlar atrofi tozalandi, chiqindilar va qurib qolgan shox-shabbalar yig‘ishtirildi, yo‘laklar tartibga keltirildi. Bu ishlar marhumlar xotirasiga hurmat, muqaddas maskanlarni pok saqlash maqsadida amalga oshirildi. Mazkur tadbir aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, tuman hududida tozalik va obodonlikni ta’minlash, shuningdek jamoatchilik faolligini oshirishga qaratildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“BIZNING TOSHLOQDA KORRUPSIYAGA O‘RIN YO‘Q”.


ISLOHOTLAR AMALDA: TOSHLOQ TUMANIDA YANGILANISH VA TARAQQIYOT


Toshloq tumani, “O‘zbekiston” MFY,





