Toshloq tumani tibbiyot birlashmasida buyuk mutafakkir, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiyning tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Ajdodlar merosi — kelajak poydevori” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.



Mazkur tadbir milliy maʼnaviyatimizni yuksaltirish, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni chuqurroq anglash hamda yosh avlod ongiga singdirish maqsadida oʻtkazildi. Tadbir davomida Alisher Navoiyning boy adabiy merosidan namunalar oʻqildi, gʻazal va ruboiylari yoddan ijro etildi. Shoirning inson salomatligi, tibbiyot, sogʻlom turmush tarzi va ruhiy poklik haqidagi ibratli fikrlari tinglovchilarga yetkazildi. Navoiyning asarlarida ilm-fan, ayniqsa tabobatga alohida eʼtibor qaratilgani, sogʻlom tanada sogʻlom aql mujassam boʻlishi haqidagi qarashlari bugungi tibbiyot xodimlari faoliyati bilan uygʻun ekanligi taʼkidlandi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari buyuk shoirning nafaqat adabiyot, balki davlat boshqaruvi va ijtimoiy hayotdagi oʻrni, xalqparvarlik va adolat gʻoyalarini targʻib etgan faoliyati haqida ham batafsil maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Tadbir barchada katta qiziqish uygʻotib, maʼnaviy-maʼrifiy ruhda oʻtdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

“BIZNING TOSHLOQDA KORRUPSIYAGA O‘RIN YO‘Q”.


ISLOHOTLAR AMALDA: TOSHLOQ TUMANIDA YANGILANISH VA TARAQQIYOT


Toshloq tumani, “O‘zbekiston” MFY,





