Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
419
40
Sayt test rejimida ishlamoqda...

432026-02-25 20:25

Ramazon oyining beshinchi kunida Toshloq tumani rahbari Abduqahhor Djurabayev boshchiligida “Do‘stlik” MFY hududida yashovchi ehtiyojmand oilalardan birining xonadonida sahovat va hamjihatlik ruhida iftorlik o‘tkazildi.

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2117579601071540.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2117579601072735.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2117579601073930.jpg

Tadbir davomida mahalla nuroniylari, faollar va jamoatchilik vakillari bir dasturxon atrofida jam bo‘lib, Ramazon oyining ma’naviy ahamiyati, insonni sabr-toqat va yaxshilikka chorlovchi fazilatlari haqida fikr almashdilar. Samimiy suhbatlar, duo-tilaklar va ezgu niyatlar muhitga alohida fayz bag‘ishladi. Ushbu xayrli tashabbus orqali nafaqat iftor dasturxoni yozildi, balki mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik kabi qadriyatlar amalda namoyon etildi. Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, ularni qo‘llab-quvvatlash va ko‘nglini ko‘tarish tadbirning asosiy maqsadiga aylandi. Bunday ezgu ishlar Ramazon oyining ruhiy barakasini yanada kuchaytirib, jamiyatda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz