Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
419
40
Sayt test rejimida ishlamoqda...

382026-02-25 20:33

ISLOHOTLAR AMALDA: TOSHLOQ TUMANIDA YANGILANISH VA TARAQQIYOT

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2117580155746325.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2117580155748715.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2117580155749910.jpg

Toshloq tumanidagi “O‘zbekiston” MFYda yashovchi Nosir aka Turdiyev bugungi islohotlar samarasini o‘z hayoti misolida his etib kelmoqda. U kishi o‘tgan yillarni eslar ekan, mamlakatimizda chorvachilikni rivojlantirish, ayniqsa xorijdan zotdor, naslli qoramollar olib kirish qanchalik mashaqqatli bo‘lganini hikoya qiladi. Taxminan 9–10 yil avval xorijiy fermerlar bilan aloqa o‘rnatish, ular bilan muzokara olib borish, hujjatlarni rasmiylashtirish va mollarni yurtimizga olib kelish oson ish emas edi. Moliyaviy qiyinchiliklar, yuqori foizli kreditlar va tashkiliy muammolar ko‘plab fermerlarni ortga qaytargan. Nosir aka ham bir necha bor urinib, turli to‘siqlarga duch kelganini eslaydi. Bugun esa vaziyat butunlay o‘zgargan. Mamlakatimizda fermerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va aholi farovonligini oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, chorvachilik sohasida zotdor, sersut qoramollarni olib kelish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Nosir aka Prezident tashabbusi bilan ajratilgan kam foizli imtiyozli kredit orqali xorijdan yuqori mahsuldorlikka ega zotdor qoramollar olib keldi. Yangi naslli mollar hisobiga sut ishlab chiqarish hajmi keskin oshdi, daromad ko‘paydi, fermer xo‘jaligining iqtisodiy barqarorligi mustahkamlandi. Shuningdek, mahalla tizimi orqali ham amaliy yordam ko‘rsatildi. MFY hokim yordamchisi tashabbusi bilan Nosir akaga 100 million so‘m imtiyozli kredit ajratilib, mablag‘lar chorva uchun zamonaviy og‘ilxona qurish, ozuqa zaxirasini ko‘paytirish va parvarish sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirildi. Bu esa mahsuldorlikni yanada oshirishga xizmat qildi. Bugun Nosir aka nafaqat o‘z oilasi farovonligini ta’minlamoqda, balki qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratib, mahalladagi yoshlarni ish bilan ta’minlashga ham hissa qo‘shmoqda. Uning ta’kidlashicha, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, mehnatsevarlik va tashabbkorlik har qanday fermerni muvaffaqiyatga yetaklaydi. Xulosa qilib aytganda, islohotlar qog‘ozda emas, amalda o‘z samarasini bermoqda. Toshloq tumanidagi Nosir aka kabi tadbirkor fermerlar faoliyati buning yaqqol isbotidir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz