Toshloq tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Avazxon Kattabekov tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur uchrashuv “Xo‘jaariq” MFY binosida bo‘lib o‘tdi. Unda korxona va tashkilotlar vakillari, mahalla faollari hamda fuqarolar ishtirok etdi.



Sayyor qabul davomida aholidan jami 8 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning 4 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal qilindi. 2 nafar fuqaroga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi. Qolgan 1 ta murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlarga atroflicha o‘rganish va aniq xulosa taqdim etish bo‘yicha topshiriq berildi. Qabul yakunida Kattabekov ichki ishlar organlari faoliyati avvalo xalq manfaatlariga xizmat qilishi lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, fuqarolar murojaatlarini tezkorlik, ochiqlik va xolislik asosida ko‘rib chiqish ustuvor vazifa ekani qayd etildi. Bunday sayyor qabullarni muntazam ravishda o‘tkazish orqali aholining davlat idoralari bilan muloqotini yanada mustahkamlash maqsad qilingani bildirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz










