Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
419
40
Sayt test rejimida ishlamoqda...

332026-02-25 20:36

“BIZNING TOSHLOQDA KORRUPSIYAGA O‘RIN YO‘Q”.

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2117580411102290.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2117580411104680.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2117580411104680.jpg

Mazkur shiori ostida ma’rifiy-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – jamiyatda halollik tamoyillarini mustahkamlash, korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida aholi xabardorligini oshirish hamda fuqarolarda huquqiy madaniyatni yuksaltirishdan iborat bo‘ldi. Tadbirda tuman hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, ta’lim muassasalari rahbarlari, mahalla faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar korrupsiyaning taraqqiyotga to‘siq bo‘lishi, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazishi haqida atroflicha to‘xtalib o‘tishdi. Uchrashuv davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar xususida ma’lumot berildi. Ayniqsa, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, murojaatlarni elektron tarzda qabul qilish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi mexanizmlar korrupsiyaning oldini olishda muhim omil ekani ta’kidlandi. Tadbir interaktiv muloqot shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi. Yoshlar tomonidan halol mehnat, pok vijdon va faol fuqarolik pozisiyasini targ‘ib etuvchi chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarga duch kelganda murojaat qilish tartibi va mas’ul idoralar haqida tushuntirishlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz