Toshloq tumani Yakkatut hududida joylashgan “Saxovat” fermer xo‘jaligida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev rahbarligida qishloq xo‘jaligiga oid amaliy seminar tashkil etildi.



Mazkur tadbir asosan chigit ekilgan maydonlarda agrotexnik ishlar sifatini oshirish, o‘simliklarni to‘g‘ri oziqlantirish va g‘alla parvarishini samarali yo‘lga qo‘yish masalalariga bag‘ishlandi. Seminarda hududda faoliyat yuritayotgan fermerlar, agronomlar hamda soha mutaxassislari faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan chigit ekishdan keyingi agrotexnik ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, mineral o‘g‘itlardan unumli foydalanish va sug‘orishni to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, g‘alla maydonlarida hosildorlikni oshirish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar — oziqlantirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash, zamonaviy preparatlardan foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar o‘tkazildi. Seminar doirasida turli xil o‘g‘itlar, himoya vositalari va agrotexnika mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil qilinib, ulardan foydalanish tartibi amalda namoyish etildi. Ayniqsa, ko‘rgazmada taqdim etilgan mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish vositalari va biostimulyatorlar fermerlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mutaxassislar ushbu vositalarning samaradorligi, qo‘llash me’yorlari va kutilgan natijalari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Tadbir yakunida tuman hokimi tomonidan fermerlarga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, agrotexnik ishlarini kechiktirmasdan amalga oshirish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi. Ushbu amaliy seminar qishloq xo‘jaligida ilg‘or tajribalarni keng yoyish, fermerlarning bilim va malakasini oshirish hamda yuqori hosil yetishtirishda muhim ahamiyatga ega.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz










