Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
434
42
Sayt test rejimida ishlamoqda...

182026-05-05 19:30

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshloq tumani “Yangi yo‘l” MFY, Istiqlol ko‘chasida yashovchi aholi xonadonlaridan maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani haqida murojaatlar tarqaldi. Mazkur holat

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2124699763898875.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2124699763904850.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2124699763909630.jpg

Toshloq tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan atroflicha o‘rganildi. O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, maishiy chiqindilarni olib ketishga mas’ul bo‘lgan MCHJga tegishli maxsus texnika ta’mirda bo‘lgani sababli chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketishda uzilishlar yuzaga kelgan. Shu munosabat bilan aholiga noqulayliklar tug‘ilgan. Muammoni tezkor bartaraf etish maqsadida bugun boshqa hududdan qo‘shimcha chiqindi tashish maxsus texnikasi jalb etildi. Natijada Istiqlol ko‘chasida to‘planib qolgan maishiy chiqindilar to‘liq olib chiqildi va hududda sanitar holat tiklandi. Shu o‘rinda aholiga eslatib o‘tamizki, Toshloq tumani hokimligi tomonidan hududlardagi muammolarni tezkor hal etish maqsadida Telegram ijtimoiy tarmog‘ida maxsus “Toshloq tumani murojaatlari” kanali tashkil etilgan. Ushbu kanal orqali fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalarni batafsil yoritib qoldirishlari mumkin. Kelib tushayotgan har bir murojaat mas’ul idoralar tomonidan o‘rganilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda. Fuqarolardan o‘z vaqtida murojaat qoldirish va hudud tozaligiga befarq bo‘lmaslik so‘raladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz