Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
434
42
Sayt test rejimida ishlamoqda...

202026-05-05 19:34

Toshloq tumanida “Og‘ir mahalla” dasturi doirasida yangi bog‘lar barpo etish ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlarni samarali tashkil etish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida maxsus seminar o‘tkazildi.

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2124700040550935.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2124700040553325.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2124700040554520.jpg

“Varzak” mahalla fuqarolar yig‘inida PQ-49-sonli qaror ijrosini ta’minlash doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Mazkur qarorga asosan mahalla “og‘ir mahalla” toifasiga kiritilgan bo‘lib, hududdagi 720 ta xonadon ixtiyorida jami 45 gektar tomorqa yer maydoni mavjud. Aholi bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha ravishda 5 gektar yer maydoni dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ijara asosida ajratildi. Ushbu yerlarda innovasion yondashuvlar asosida, xususan, in-vitro usulida bodom ko‘chatlarini yetishtirish loyihasi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 317-sonli qarorga muvofiq, tomorqa yoki ijara yer egalariga meva daraxti ko‘chatlarini xarid qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq har bir ko‘chat uchun 30 ming so‘mdan oshmagan miqdorda subsidiya ajratish tartibi joriy etilgan. Mazkur imkoniyatdan unumli foydalanish natijasida Varzak mahallasidagi 712–713 konturlarda joylashgan 4,76 gektar maydonda yangi bog‘ barpo etish ishlari boshlandi. Ushbu hudud uchun in-vitro usulida yetishtirilgan 5000 dona bodom ko‘chatlari “Samarqand Qulupnay Impeks” fermer xo‘jaligidan keltirildi va tegishli tartibda ekish ishlari tashkil etildi. Hozirgi kunda mahalla aholisi tomonidan ko‘chat ekish ishlari uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda. Ushbu tashabbus nafaqat aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish, balki hududda zamonaviy bog‘dorchilikni rivojlantirishga ham xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz