Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
434
42
Sayt test rejimida ishlamoqda...

152026-05-05 19:36

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshloq tumani “Furqat” MFY, Shodiyeva ko‘chasi, Kombinat bozori orqa tomonida joylashgan yo‘lning bir qismi fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan to‘sib qo‘yilgani aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2124700217734780.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2124700217737170.jpg

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan tezkor o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida haqiqatdan ham ushbu hududda yashovchi fuqaro tomonidan yo‘l qismiga noqonuniy ravishda to‘siq o‘rnatilgani aniqlandi. Fuqaro bilan o‘tkazilgan suhbat davomida u mazkur harakatni hududda kichik yoshdagi bolalar ko‘pligi, shuningdek, ayrim holatlarda transport vositalari yuqori tezlikda harakatlanib, xavfli vaziyatlar yuzaga kelayotgani bilan izohladi. Uning aytishicha, asosiy maqsad bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘lgan. Shu bilan birga, mas’ullar tomonidan fuqaroga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Jumladan, har bir shaxs o‘z xonadon hududiga egalik qilishi mumkin bo‘lsa-da, umumiy foydalanishdagi yo‘llar va ko‘chalarni o‘zboshimchalik bilan to‘sib qo‘yishga hech kim haqli emasligi alohida ta’kidlandi. Olib borilgan tushuntirish ishlaridan so‘ng, mazkur to‘siq fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda zudlik bilan olib tashlandi. Shu munosabat bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga yana bir bor murojaat qilib o‘tamiz: turli holatlarni tasvirga olib tarqatishdan avval, muammoni tegishli tashkilotlarga yetkazish orqali uni tezkor va samarali hal etishga hissa qo‘shish mumkin. Eslatib o‘tamiz, Toshloq tumani hokimligi aholi murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish va joyida hal etish maqsadida Telegram ijtimoiy tarmog‘ida maxsus “Toshloq murojaat” kanali va guruhini tashkil etgan. Fuqarolar mavjud muammolarini ushbu platforma orqali bildirsalar, mas’ul idoralar tomonidan masala atroflicha o‘rganilib, imkoni boricha qisqa muddatlarda yechim topiladi. Bunday yondashuv aholi va mahalliy hokimiyat o‘rtasida ochiq muloqotni ta’minlash, muammolarni tizimli hal etish hamda hududlarda tartib-intizomni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz