Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami :

50 %

Shrift o‘lchami :

50 %
Saytni baholash
434
42
Sayt test rejimida ishlamoqda...

152026-05-05 19:38

Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida tuman aholisi tomonidan turli sohalarga oid murojaatlar tinglanib, ularning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganildi.

http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2124700347694615.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2124700347694615.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151500/news/file-2124700347695810.jpg

Fuqarolar tomonidan asosan ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, yer-mulk munosabatlari, bandlik va infratuzilmani rivojlantirishga doir masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Qabul jarayonida avvalgi uchrashuvlarda ko‘tarilgan ayrim muammolar ijobiy hal etilgani ham qayd etildi. Shu munosabat bilan bir qator fuqarolar hokim qabulxonasiga tashrif buyurib, o‘z muammolariga yechim topilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Bunday ochiq muloqotlar aholining dardini eshitish, muammolarni joyida hal etish hamda davlat idoralari faoliyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tuman hokimligi tomonidan fuqarolar bilan muloqotlarni muntazam ravishda tashkil etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz