Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


YOSHLAR OYLIGI DOIRASIDA YOSHLARGA ALOHIDA E’TIBOR.

×

 2022-06-22 16:18:24    157

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida yoshlarni istaklarini, taklif va muammolarini o‘rganish borasida mahallalarda o‘rganishlar doimiy ravishda olib borildi. Yoshlar bilan o‘tkazilgan o‘zaro suhbatlarda kelib tushgan murojaatlar o‘z vaqtida xal etilmoqda. Xususan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar muammolarini ijobiy hal etishda bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

        Joriy yilda 35 771  nafar tumandagi yoshlar bilan birma-bir muloqot qilinib,  1171 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritildi. Ko‘rilgan amaliy chora-tadbirlar natijasida 845 nafar yoshlar daftardan chiqarildi. Jumladan, “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlarning 155 nafariga OTM to‘lov-kontraktlarini 50 foizgacha qismi to‘lab berildi. Hozirda tuman  bo‘yicha 326  nafar yoshlar “Yoshlar daftari”da qolmoqda. 

    Bugun tumanimizdagi 25 nafar yoshlarga OTM to‘lov-kontraktlarini bir qismi qoplab berildi. Besh nafar yoshlarning Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini to‘lab berish maqsadida 28 393 300 so‘m  mablag‘ ajratib berildi. Bundan tashqari 9 nafar yoshlarning avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida o‘qish harajatlarini qoplash uchun 9 330 000 so‘m mablag‘lar ajratib berildi. To‘lab berish to‘g‘risidagi sertifikatlarni yoshlarga tuman prokurori A.Xudoyberganov hamda tuman hokimi o‘rinbosari E.Madaminovlar topshirdilar.