Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“TASHABBUSLI BYUDJET”: MAHALLAGA 1,2 KM MASOFADA YANGI KANALIZASIYA TARMOGʻI TORTILMOQDA.

×

 2022-11-23 14:21:12    160

PDF yuklash
Chop etish


   Prezidentimizning 2021 yil 22 sentyabr kungi 409 -sonli “Ochiq byudjet axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 409 -sonli qarori asosida tumanda keng qamrovli qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
  “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2022 yilgi ikkinchi bosqichida Toshloq tuman hokimligi huzuridagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da kerakli mablag‘ shakllantirildi. Ikkinchi bosqichda 160 ta takliflar kelib tushgan bo‘lib, yakuniy natijalarga ko‘ra eng ko‘p ovoz olgan 8 mlrd. 400 mln. so‘mlik 10 ta loyiha g‘olib deb topildi. 
     Sadda MFY hududida joylashgan A.Navoiy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarga kanalizasiya tarmog‘i tortish taklifi ham “Ochiq byudjet” axborot portali orqali eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib deb topilgan. Hozirda ushbu loyiha qurilishi uchun 1 mlrd 200 mln so‘m mablag‘lar ajratildi.  
–Ayni kunlarda quvurlarni montaj qilish, yerlarni qazish ishlari jadal olib borilmoqda,-deydi “Farg‘ona suv ta’minoti” MCHJ Toshloq tuman bo‘limi rahbari Xalimjon Odilov. Yil yakuniga qadar ushbu hududdagi ta’mirlash ishlar tugatilib aholi uchun foydalanishga topshiriladi. Natijada 6 ta ko‘p qavatli uylar to‘liq oqava suv tarmog‘i bilan ta’minlanadi.