Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQDA NAVRO‘Z SHUKUHI

×

 2023-03-17 16:06:17    175

PDF yuklash
Chop etish


Bugun tuman markaziy o‘yingohida bo‘lib o‘tgan sayillarda sport o‘yinlari, laparu aytishuvlar, ayniqsa, o‘lmas qadriyatlarimizni namoyish etishga keng o‘rin berildi.
Keksalar to‘kin dasturxon atrofida o‘tirib, yurtimiz tinchligi, farzandlarimiz omonligi, dehqonchiligimiz barakasi uchun duoga qo‘l ochdilar.
Bayram tantanasida Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev so‘zga chiqib, tuman aholisini yurtimizga qutlug‘ qadamlar bilan kirib kelgan bahor, yasharish va yangilanish ayyomi — Navro‘zi olam bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etdi.
Shundan so‘ng, bayram ishtirokchilari uchun konsert dasturi namoyish etildi. Ayniqsa, xalqimiz suygan san’atkorlari Ilxom Ibroximov, Otabek Muxammadzoxidlarning dil tortar kuy va qo‘shiqlari hamda so‘z ustasi Gʻayrat Ahmedovning chiqishlari barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.