Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BUGUN XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMANI KENGASHINING 69 - SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-05-23 17:55:08    242

PDF yuklash
Chop etish


Sessiyada sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 
Sessiya ishiga tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Abduqahhor Djurabayev raislik qildi va olib bordi.
Sessiyada kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
Dastlab, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudining 2022 yilda tumanda odil sudlovni amalga oshirish faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida hisoboti eshitildi. 
Navbatdagi masalada - Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudida odil sudlovni amalga oshirish borasida 2023 yilning II-choragi davomida Toshloq tumanida olib borilgan ishlar to‘g‘risida,  tuman adliya bo‘limining tumandagi davlat organlari va tashkilotlarida 2023 yilning II-choragi davomida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabr kungi PQ-31-sonli qaror ijrosini ta’minlash borasida tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, sessiyada “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini sarflanishi to‘g‘risida ham hisobotlar o‘qib eshittirildi. 
Sessiyada Toshloq tumani 15-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputat Toshboltayev Salohiddin Hamidullayevichning 2023 yil 16 maydagi deputatlik vakolatini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi arizasi ham ko‘rib chiqildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan so‘ng qaror loyihalari bir ovozdan qabul qilindi.