Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


«Tashabbusli byudjet» loyihasi amalda

×

 2022-06-08 14:54:49    144

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 sentyabrdagi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5250-sonli qaroriga asosan Toshloq tuman hokimligi huzuridagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga 2022 yil "Tashabbusli byudjet" jarayonining 1-bosqichi davomida tuman mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 1508 mln. so‘m byudjet mablag‘larining 5 foizi qismi jamg‘arma uchun ajratilishi hisobiga 4304 mln.so‘m va yil boshiga qoldiq mablag‘lari 244,9 mln. so‘m jami 6 056,9 mln. so‘m mablag‘lar shakllantirildi. 

   O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining openbudget.uz rasmiy veb sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida 2022 yil "Tashabbusli byudjet" jarayonining 1-bosqichi davomida fuqarolar tomonidan 131 ta takliflar kelib tushgan bo‘lib, shundan 70 ta takliflar ishchi komissiya tomonidan nizom talablaridan kelib chiqib rad etilgan hamda 61 ta takliflar ovoz berish jarayoniga o‘tkazilgan. Tuman moliya bo‘limi tomonidan tuman markazidan olis 9 ta hududda sayyor yarmarkalar tashkil etildi.

Umumiy hisobda tumanda 2022 yil "Tashabbusli byudjet" jarayonining 1-bosqichi natijalari bo‘yicha jami 6 186 mln. so‘mlik 11 ta takliflar g‘olib deb topilgan. Gʻoliblarning hududlarida ajratilgan mablag‘lar evaziga qurilish ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan.

Hozirgi kunda g‘olib bo‘lgan tashabbuslardan Furqat, Do‘stlik MFY hududidagi ma’nan esirgan ko‘p qavatli uylarda ta’mirlash hamda Xonariq  MFY hududidagi 2,5 km.lik ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari tumanimizda joylashgan 8-umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun zamonaviy maktab jihozlari ham yetkazib berilgan.