Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Farg‘ona viloyati Toshloq tumani mahalliy byudjetining 2022 yil II chorakdagi ijrosi to‘g‘risida

 2022-09-26 11:20:37    752

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 27 va 165-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5283-sonli Farmoni hamda tuman mahalliy byudjetining 2022 yil II chorakdagi ijrosi yuzasidan tuman moliya bo‘limining hisobotini tinglab va muhokama etib, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi

QAROR QILADI:

1. Tuman mahalliy byudjetning 2022 yil Ichorakdagi ijrosi to‘g‘risidagi Toshloq tumani hokimligi moliya bo‘limi mudiri Qurbonov Jasur Raxmatovichning xisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

         2. Toshloq tuman mahalliy byudjetining 2022 yil II chorak ijrosi to‘g‘risidagi hisobot tasdiqlansin.

Bunga ko‘ra:

Toshloq tumani mahalliy byudjetining 2022 yil II chorak mahalliy byudjet daromadlari 22,397 mln. so‘m va mahalliy byudjet xarajatlari kiritilgan o‘zgartirishlar bilan birga 26,521 mln. so‘m miqdoridagi ijrosi ma’qullansin.

3. Tuman mahalliy byudjetining 2022 yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan “Yoshlar daftari” jamg‘armasiga 619,0 mln so‘m, “Ayollar daftari” jamg‘armasiga 619,0 mln so‘m, Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga 1237,0 mln so‘m, Byudjet ssudasidan qarzdolikni qoplashga 213,0 mln so‘m, Qishloq xo‘jaligi zaxira yerlarini hokimliklar nomiga kadastr pasportini rasmiylashtirish xizmat xaqqi qarzdorligi uchun 100,0 mln so‘m, Statsionar fotoradarlar sotib olishga 324,0 mln so‘m Kompensatsiya to‘lovlaridan qarzdolikni qoplash uchun (snos) 24,0 mln so‘m, tuman hokimligi, moliya va kengash kotibiyatlariga qo‘shimcha ish xaqqi to‘lovlari uchun 373,0 mln so‘m hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda xukumat qaror va farmonlarida belgilangan tadbirlar uchun 616,0 mln so‘m  jami 4 125,0 (to‘rt milliard bir yuz yigirma besh) mln so‘m mablag‘ ajratilsin. Mazkur qaror asosida mablag‘ ajratilayotgan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘i oluvchilar rahbarlari ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishini hamda moliyalashtirish manbasini ochish uchun o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlarni hamda mablag‘larni ishlatish yakuni bilan tegishli hisobotlarni tuman moliya va g‘aznachilik boshqarmalariga taqdim etilishini ta’minlash vazifalari yuklatilsin.

4. Tuman mahalliy byudjetining 2022 yil 2 chorak davomida kiritilgan o‘zgarishlari bilan aniqlangan reja bo‘yicha daromadlar miqdori 1- ilovaga muvofiq tasdiqlansin;

- tuman mahalliy byudjetining 2022 yil 2 chorak da kiritilgan o‘zgarishlari bilan aniqlangan reja bo‘yicha xarjatlar miqdori 2- ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Tuman hokimligi moliya bo‘limi mudiri (J.Qurbonov), tuman Davlat soliq inspeksiyasi (D.Tashmatov), tegishli idora va tashkilotlar hamda hududiy byudjet mablag‘lari taqsimlovchilari bilan birgalikda xalq deputatlari viloyat Kengashiga mahalliy byudjetning ijrosi to‘g‘risida har chorakda axborot berib borilishini ta’minlasin.

6. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (K.Umarov), tuman Davlat soliq inspeksiyasi (D.Tashmatov) soliq solish ob’ektlari va soliq solinadigan bazani to‘liq qamrab olish, soliqlar yig‘ilishi darajasini oshirish, mavjud zaxiralarni safarbar etish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish orqali tegishli byudjet daromadlari prognozining bajarilishini ta’minlash; byudjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish hamda uni tejash, byudjet intizomini mustahkamlash, byudjet mablag‘laridan foydalanishning natijadorligi bo‘yicha hisobdorlik tizimini kuchaytirish; birinchi navbatda moliyalashtiriladigan (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal xizmatlar) xarajatlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish va kreditor qarzdorlikka yo‘l qo‘ymaslik; mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat soliq xizmati organlari rahbarlari byudjet daromadi prognoz ko‘rsatkichlarini ortiqcha to‘langan va undirilgan soliq summalari hisobiga bajarilishiga yo‘l qo‘ymasliklari bo‘yicha qat’iy ogohlantirilganligi alohida ko‘rsatib o‘tilsin.

7. Mazkur Kengash qarori ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari K.Umarov hamda xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.