Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QAROR MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI

×

 2023-01-23 17:30:44    180

PDF yuklash
Chop etish


   Joriy yilning 20 yanvar sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi. 
    Qarorda quyidagilar ko‘zda tutilmoqda: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 2030 yilga borib OIV epidemiyasiga barham berish uchun «95-95-95» strategiyasi olg‘a surilgan bo‘lib, uning doirasida OIV infeksiyali shaxslarning 95 foizi o‘z maqomini bilishlari, 95 foizi maxsus davolash kurslari bilan qamrab olinishlari hamda 95 foizi qonida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga tushishiga erishish maqsadi belgilangan. Shuningdek, aholi orasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir 2023–2027 yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanmoqda.
  Bugun Toshloq tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda OIVga qarshi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib o‘tildi.
   Unda O‘zbekiston XDP tuman tashkiloti raisi Tursunboy Soliyev, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Yaxyojon Zulfiqorov, tuman FXDYO bo‘limi mudirasi Niginaxon Rizayeva, Adliya bo‘limi mutaxassisi Sayyoraxon Maxmudovalar qarorga ko‘ra 2023 yil yakuniga qadar OIV infeksiyasi aniqlangan holatlar monitoringini ta’minlash, real vaqt rejimida dori va diagnostik vositalarning harakatlanishini kuzatib borish imkonini beruvchi elektron axborot tizimi yaratilishini hamda hududiy OITSga qarshi kurash markazlari va ularning tumanlararo laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasi rivojlantirilishini ta’kidlab o‘tdilar.
    Shuningdek, yig‘ilishda Ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasidagi qaror asosida xavfli guruhga kiruvchi 12 ming nafar shaxslarda tuberkulyozning latent shakli aniqlanganligi va ular profilaktik  davo bilan to‘la qamrab olinganligi, qarorga muvofiq tuman-shahar ftiziatriya muassalari qoshida mavjud shifo o‘rinlari va shtat birliklari doirasida kunduzgi stasionarlar tashkil etilishi, shuningdek o‘pka nosfesifik kasalliklarining shifoxonadan keyingi davrdagi kuzatuvlari tashkillanishi to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma’lumotlar berildi.