Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Toshloq tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarda "Ilmni qadrlang, ilmga intiling!" shiori ostida o‘tkazilayotgan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

×

 2023-05-25 09:48:48    258

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Toshloq tumanidagi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jarangladi. Ulkan orzu-maqsadlar bilan ta’lim-tarbiya quchog‘ida jam bo‘lishgan o‘quvchilar bugun hayotning katta ostonasiga qadam qo‘yishmoqda. Bu yil tumandagi 50 ta umumta’lim maktablarining 11-sinfini 1 896 nafar yigit-qizlar bitirib chiqishmoqda.
Tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev tumandagi 2-xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida o‘tkazilgan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida qatnashib, bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga tabrigi"ni yetkazib, bitiruvchi yoshlarga oq yo‘l tiladi. 
Bayram tadbirida o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarni raqsga chorladi. Tantanada ota-onalar, mehmonlar bitiruvchilarni tabriklab, ularga ta’lim–tarbiya bergan ustozlarga minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Tumandagi barcha umumta’lim maktablarida “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ana shunday bayromana tarzda nishonlandi.