Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING 58-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
2022-06-09 13:50:39 231
Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Djurabayev olib bordi. Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabr kungi PQ-31-sonli Qarori ijrosini ta’minlash borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida. 2. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudining 2022 yil I-choragida odil sudlovni amalga oshirish faoliyati yuzasidan axboroti.3. Toshloq tuman ichki ishlar bo‘limining 2022 yil I-choragi davomida huquqbuzarliklarni oldini olish profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish doirasida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida.4. Toshloq tumanidagi xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar va “Ayollar jamg‘armasi” mablag‘larini sarflanishi to‘g‘risida.5. Tumanda “Open Budjet” ochiq portali bo‘yicha 2022 yil I-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.6. Toshloq tumanida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘larini sarflanishi to‘g‘risida.7. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Toshloq tuman inspeksiyasi tomonidan 2022 yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida.8. Farg‘ona viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining 2022 yil 4-7 apreldagi 04/964 hamda 04/4028-sonli xatlari to‘g‘risida.9. Tuman “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini sarflanishi to‘g‘risida.10 “Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarni ijrosini ta’minlash yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida. 11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022 yil 8 apreldagi KQ-331-1V-sonli qarorining Toshloq tumanidagi ijrosi to‘g‘risida. 12. Tuman saylov komissiyasi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida.
Yuqoridagi masalalar yuzasidan soha rahbarlarini axborotlari tinglandi. Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.