Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI”DA YOSHLAR MUAMMOLARI HAL ETILMOQDA.
2022-08-25 19:28:39 196
Bugun Toshloq tumani hokimi, 1-sektor rahbari A.Djurabayev aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida Istiqlol MFYdagi yoshlar bilan uchrashdi.
Unda 10 nafarga yaqin yoshlar qatnashdi. Mahalla yoshlari asosan, ishga joylashish, uy-joy olish, tadbirkor uchun yer ajratish, tadbirkorlik uchun kredit olish, tibbiy va moddiy yordam kabi masalalarda tuman hokimiga murojaat qildilar.
Murojaatlarni aksariyati shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etuvchi savol va takliflar tegishli mutasaddilarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.