Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FUQAROLAR MUROJAATI DOIMIY E’TIBORDA
2022-11-01 15:08:22 363
Aholi murojaatlarining o‘z vaqtida yechim topishi ularning bugungi kundan, davlatimizdan rozi bo‘lib yashashi uchun zamin yaratadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasi tomonidan ham har bir murojaatni o‘z vaqtida yechimini qilib berish choralari ko‘rib kelinmoqda. Bu esa xalqimizning muammolari o‘z vaqtida va oson yechim topishiga zamin yaratmoqda.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Unda 30 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 10 ta murojaatlar joyning o‘zida ijobiy hal etildi. 5 nafar fuqaroga moddiy yordam ajratilib, qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 5 tasi nazoratga olindi. 10 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari qabul davomida 22 nafar ko‘zi ojiz, kar-soqov va boshqa shaklda nogironligi bo‘lgan fuqarolarning murojaati ham tinglandi. Tuman hokimi har bir fuqaroning muammolarini o‘rgandi. Ularga bepul ko‘mir mahsulotini yetkazib berishga, sanatoriylarda davolanishlari uchun yo‘llanmalar ajratishga topshiriqlar berdi.