Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla” dasturi doirasida “Piyozchilik” mahallasida 9 ta xonadon ta’mirlab berilmoqda.
2024-03-25 14:32:01 143
“Piyozchilik” mahallasida mingdan ziyod xonadonda o‘rganishlar o‘tkazilib, xatlov natijalari asosida ushbu mahallada “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.
“Obod xonadon” mezonlari asosida uy-joyi ta’mirga muhtoj va o‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan 9 ta oilalarning turar joylari ta’mirlab berilmoqda. Ushbu xonadonlarda barcha sharoitlar yaratilib, tomorqalari tartibga keltirildi. Bugun ham xonadonlarda ish jarayonlari qizg‘in ketmoqda. Kirish yo‘llaklari asfalt qilinmoqda.
Bugun tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda tuman prokurori Shuxratjon Musayevlar ta’mirlanayotgan ehtiyojmand oilalar xonadonida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.