Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Toshloq tumanida yoshlarga yer maydonlari ajratib berilmoqda
2024-04-09 17:20:12 137
Xabaringiz bor, joriy yilning 12 fevral kuni yoshlar bandligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Davlatimiz rahbari tomonidan qishloq xo‘jaligidan yer ajratish orqali yoshlarni ish bilan ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.
Ushbu topshiriqlar ijrosidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2024 yil 5 apreldagi PQ-153-son qaroriga asosan Toshloq tumanida ham dehqonchilik qilish istagini bildirgan yoshlarga 30 yil muddatga ijara asosida berilishi belgilandi.
Xususan, bugun tumandagi «Naymanbo‘ston» MFYda tuman hokimi boshchiligida, tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi va Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni yerdan samarali foydalangan holda mo‘may daromad olishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida ushbu mahalla hududidagi 3,8 gektar unumdor yer maydonidan 19 nafar yoshlarga ijara asosida yer ajratib berildi.
Yoshlar bu kabi ishlardan minnatdor ekanliklarini bildirib, kelgusida ushbu yerlardan oqilona foydalanib oilaviy daromadlarini oshirishda ularga berilgan eng yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidlab o‘tishdi.